×

School of Psychology International Masters Scholarships: Buyuk Britaniyada magistratura uchun 2 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1571 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Leeds tomonidan taqdim etiladigan School of Psychology International Masters scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet psixologiya fakultetidagi magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan talabalarga beriladi. Leeds universiteti psixologiya fakulteti magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 2000 funt sterling mablag’ beriladi. Magistratura kursi 1 yil davom etadi. O’qish to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki yuqori bo’lishi zarur.
  • Nomzod Leeds universitetining psixologiya bo’yicha magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kursga qabul uchun kamida IELTS 6.5, TOEFL IBT 92 yoki shunga teng boshqa test natijalari talab etiladi. Batafsil
  • Qabul uchun boshqa talablarni o’zingizni qiziqtirgan magistratura kursi sahifasidan topishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Magistratura kurslariga hujjat topshirgan nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. Arizalar bu yerda topshiriladi. Ariza topshirish uchun kerakli magistratura kursi sahifasiga kirishingiz ham mumkin. Hujjat topshirish muhlatlari turli kurslar uchun turlicha, shuning uchun bu yerga kirib, psixologiya bo’yicha magistratura kurslari sahifalaridan qabul tugash sanasini bilib oling.

Magistratura kurslariga qabul nizomi haqida

Ma’lumot uchun internationaloffice@leeds.ac.uk elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin. Agar kursga ariza topshirishda qiyinchilikka uchrasangiz, bu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!