×

Schuman Traineeships amaliyot dasturi: Yevropa Ittifoqi davlatlarida 5 oy amaliyot va stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

4504 marta

Yevropa Ittifoqining rasmiy ish joylaridan birida – Bryussel, Lyuksemburg, Strasburgda yoki Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardagi aloqa idoralarida amaliyot o’tash imkonini beruvchi Schuman Traineeships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur Yevropa Ittifoqi tuzilishida muhim o’rin tutgan shaxs – Robert Shuman nomi bilan atalgan. 

Schuman amaliyot dasturida ishtirok etish amaliyotchilarga  bilim va kasbiy malakalarini yaxshilash, Yevropa Ittifoqi institutlari va Yevropa Parlamenti faoliyati to’g’risida chuqurroq tushunchaga ega bo’lish hamda Yevro Ittifoqi darajasida qarorlar qabul qilish jarayonini kuzatish imkonini beradi.

Amaliyot 2022-yil 1-oktyabr 28/29 fevral oralig’ida 5 oy davom etadi.

Amaliyotchilar o’z sohalariga mos bo’lgan vazifalarda ish olib borishlari mumkin. Ishtirok etish uchun bu yerda mavjud amaliyot o’rinlari bilan tanishib chiqib, bitta ariza orqali ulardan 3 tasiga ariza berish mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Turli soha vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Amaliyotchiga oylik stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori amaliyot hududidan kelib chiqib belgilanadi. Hududlar va ular uchun belgilangan stipendiya miqdorlari bu jadvalda batafsil ko’rsatilgan.
  2. Amaliyotchiga yo’l xarajatlari uchun 250 yevro beriladi.

Talablar:

  • Nomzod 18 yosh yoki undan katta bo’lishi zarur.
  • Dasturga asosan Yevropa Ittifoqi va unga a’zolikka nomzod davlatlar fuqarolari qabul qilinadi, ammo boshqa davlat fuqarolari uchun ham cheklangan sondagi amaliyot o’rinlari mavjud.
  • Nomzod ingliz, fransuz yoki nemis tillaridan kamida bittasini a’lo darajada bilishi zarur.
  • Nomzod sudlanmagan bo’lishi zarur.
  • Yevropa Ittifoqi institutlarida boshqa amaliyot dasturida 2 oydan ortiq muddat qatnashmagan bo’lishi lozim.
  • Amaliyot boshlanishidan avvalgi 6 oy ichida Yevropa Parlamentiga yoki Kotibligiga o’quv tashrifi amalga oshirmagan bo’lishi zarur.
  • Barcha qoida va talablar bilan bu yerda tanishing. 

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 1-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi. Ariza mavsumi 1-iyunda ochilganda bu yerda ariza berish mumkin bo’lgan amaliyot o’rinlari e’lon qilinadi  Ulardan 1-3 tasiga hujjat topshirish mumkin.

Murojaat uchun: PERS-Schuman-Trainees@europarl.europa.eu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!