×

Science Without Borders® Challenge: maktab, kollej, litsey o’quvchilar uchun rasmlar tanlovi


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3514 marta

11-19 yoshli o’quvchilar uchun Khaled bin Sultan Living Oceans Foundation tomonidan tashkil etilgan Science Without Borders® Challenge rasmlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Tanlovga qo’lda qalam, bo’yoq va boshqa istalgan rasm chizish vositalari bilan chizilgan rasmlar qabul qilinadi. Rasmlar qo’lda chizilib, yuqori sifatli skaner yoki kamera yordamida suratga tushirilib, tanlovga yuborilishi kerak.

Tanlov uchun tayyorlangan rasmlar maxsus belgilangan mavzu bo’yicha chizilishi kerak. Tanlovning bu yilgi mavzusi: “Mangroves Matter”. Yuborilgan rasmlar mavzuga mos, original, ma’noli hamda ijodiy jihatdan mahorat bilan chizilgan bo’lishi kerak.

Bu yilgi mavzuga izoh:

Science Without Borders® Challenge tanlovida tanlangan mavzular har yili suv va okean mavzularida bo’ladi va har yilgi tanlovda shu umumiy yo’nalishga doir muayyan mavzular almashib turadi. Bu yilgi tanlov mangrov deb ataluvchi suv o’simligiga bag’ishlanadi. Tanlovga yuboriladigan rasmlarga ham shu o’simlik ahamiyatini ko’rsatib bera olish talabi qo’yiladi. Mangrov o’simliklari suv bo’ylarida, sho’r suvli, o’ta noqulay sharoitli hududlarda to’p-to’p bo’lib o’suvchi o’simliklar (daraxtlar) turiga kiradi. Bu o’simlik moslashgan hududlarda boshqa o’simliklar o’smagani uchun mangrov o’simliklari tuproq va suv sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi kam sonli, muhim o’simlik hisoblanadi. Hujjat topshirishdan avval tanlov tashkilotchilarining tanlov mavzusi haqida tayyorlagan maxsus maqolasi bilan tanishib chiqing.

Tanlov uchun yaxshi rasm tayyorlash uchun maslahatlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Avvalgi tanlovlarda g’olib chiqqan ishtirokchilarning ishlarini bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

11-19 yoshli o’quvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblarga elektron sertifikatlar taqdim etiladi.

Talablar:

  • Tanlovda 11-19 yoshli o’quvchilar ishtirok etishlari mumkin.
  • Nomzod maktab, litsey yoki kollejda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Ariza vaqtida 10 yoshda bo’lgan nomzodlar 1-martgacha 11 yoshga to’lishi kerak.
  • Nomzod topshirgan rasmlar qo’lda chizilgan bo’lishi kerak. Fotosuratlar va kompyuter/telefon kabi qurilmalarda chizilgan rasmlar qabul qilinmaydi.
  • Tanlovga topshirilgan ishlar qanday tartibda tekshirilishi haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta ish bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga jo’natilgan rasm boshqa tanlovlarga yuborilmagan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 1-mart. Hujjat topshirish yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. 11 va 12 yoshli o’quvchilar arizasida ushbu hujjat ilova qilinishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!