×

SDG Global Summer School: bakalavriat va magistratura talabalari uchun bepul onlayn yozgi maktab


Grant

MUHLAT

31.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3639 marta

SDG Global Summer School — Xitoyning Zhejiang universiteti  va boshqa hamkor universitetlarning jahon darajasidagi professor-oʻqituvchilar rahbarligida Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) doirasida onlayn yozgi maktab. Ushbu yozgi maktabda hozirda bakalavr va magistraturada tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Dastur 2023-yil 31-iyuldan 14-avgustga qadar haftasiga 15-20 soatdan butunlay onlayn formatda (ingliz tilida) olib boriladi.

Ishtirokchilar oʻz qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uyidagi 5 ta akademik moduldan bittasini tanlashlari kerak:

Har bir modul 30 soatdan ortiq kurslarni oʻz ichiga olgan boʻlib, barqaror kelajak uchun eng muhim masalalarni tahlil qilishga moʻljallangan. Ishtirokchilar yozgi maktab davomida barcha kurslardan foydalanishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar ushbu yozgi maktabda bepul ishtirok etadi.
  • Kurs yakunlangandan soʻng ishtirokchilarga xalqaro sertifikat beriladi.
  • Jahon darajasidagi oʻqituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan yuqori sifatli kurslardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
  • Barqaror rivojlanish maqsadlari dorisida bilim va koʻnikmalarni oshirishi hamda ilmiy va professional aloqalarni (networking) rivojlantirishlari mumkin.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda bakalavr va magistr talabalari ishtirok etishi mumkin. Ariza topshirayotgan vaqtga koʻra, nomzod kamida 1 oʻquv yilini tugatgan boʻlishi kerak. Bitiruvchi kurs talabalari dasturga ariza topshira olmaydi.
  • Dastur ingliz tilida olib borilgani sabab ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. TOEFL/IELTS kabi sertifikatlar talab etilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 31-maygacha soat 20:59 ga qadar BU YERDA roʻyxatdan oʻtib, ariza shaklini toʻldirishlari kerak. Kerakli hujjatlar:

  • Shaxsni tasdiqlovchi ID karta yoki pasport.
  • Talabaligini tasdiqlovchi hujjat.
  • Personal Statement (Shaxsiy bayonnoma).

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing. 

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha murojaatlar va eng koʻp berilgan savollarga javoblar haqida BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin.

SDG Global Summer School: bakalavriat va magistratura talabalari uchun bepul onlayn yozgi maktab

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!