×

Semmes Distinguished Scholars in Science: AQShda bakalavr kurslari uchun to’liq grant va 5 000 AQSh dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1845 marta

AQShning Texas shtatida joylashgan Trinity universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladigan Semmes Distinguished Scholars in Science grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Trinity universiteti STEM yo’nalishidagi (ya’ni, fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga oid yo’nalishlar) bakalavr kursida o’qish uchun eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalar uchun ajratilgan. Universitetda o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

STEM bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talaba 4 yillik bakalavr kursi uchun o’qish to’lovidan butunlay ozod etiladi va tadqiqot uchun qo’shimcha 5 000 AQSh dollari mablag’ taqdim etiladi.

Talablar:

  • Nomzod maktab/litsey/kollej diplomiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida TOEFL iBT 100, IELTS 7,0 yoki Duolingo 120 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ACT yoki SAT kabi standartlashtirilgan test natijalarini ixtiyoriy tarzda topshirishi mumkin. Bu testlarni topshirgan va topshirmagan nomzodlarning arizalari teng hisoblanadi.
  • Nomzod Trinity universitetining fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga oid bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Hujjat topshirgan nomzodlar baholari, insholari, darsdan tashqari mashg’ulotlarda faollik darajalari, tavsiyanomalar va test natijalariga asosan saralanadilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun bakalavr kursi va grantga 2020-yil 1-noyabrgacha hujjat topshirish kerak.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Ariza to’ldiring. Trinity universitetiga “common app”, “coalition app” yoki “ApplyTexas app” ariza tizimlari orqali ariza topshirish mumkin. Barchasi bu yerda
  • Maktabdagi/litsey/kollejdagi sinf rahbaringiz, maslahatchi yoki direktori “Secondary School Report” shaklini to’ldirishi va siz uchun tavsiyanoma berishi zarur. Bu onlayn arizaning maxsus qismida ko’rsatiladi.
  • Maktabda/kollej/litseyda o’tilgan asosiy fanlardan birining o’qituvchisi “Teacher Evaluation Form” shaklini to’ldirishi va siz uchun tavsiyanoma berishi zarur. Bu onlayn arizaning maxsus qismida ko’rsatiladi.
  • Grantga da’vogarlik qilishda kerakli ma’lumotlarni ko’rsatish maqsadida CSS profile yoki International Student Financial Aid Application arizasi to’ldiriladi. Hujjat topshirish jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.
  • Bu yerda grant uchun ariza to’ldiring.
  • Maxsus rezyume yarating. Bu yerda namunalar ko’rsatilgan.

Savollaringiz bo’lsa, bu yerga kirib, “contact us” bo’limida ko’rsatilgan shaxslar bilan bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!