×

SeNSS dasturi: Buyuk Britaniyada PhD kurslari uchun grant va 15 285 funt sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

18.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

974 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Surrey tomonidan beriladigan South East Network for Social Sciences (SeNSS) Studentship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. 

Ushbu dastur Buyuk Britaniyadagi 10 ta universitet hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, maqsadi ijtimoiy fanlar bo’yicha doktorantura va tadqiqot dasturlari sifatini oshirish. Surrey universitetida SeNSS dasturi doirasida kontrakt to’lovini qoplashga yordam beruvchi hamda kontrakt to’lovini qoplab, stipendiya bilan ham ta’minlovchi ikki xil grant mavjud. Grantlarni Buyuk Britaniya fuqarolari, Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari hamda boshqa barcha davlatlar fuqarolari Surrey universitetidagi Faculty of Arts and Social Sciences fakultetidagi PhD kurslarida o’qish uchun yutib olishlari mumkin. Grant yutish uchun nomzodning akademik/ilmiy yutuqlari hamda u tanlagan tadqiqot loyihasining sifati asosiy rol o’ynaydi. 

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga kontrakt to’lovi uchun 4407 funt sterling mablag’ ajratiladi. Undan tashqari, 15 285 funt sterling stipendiya taqdim etiladi.

Talablar:

  • Nomzod magistratura diplomiga ega bo’lishi zarur. Agar tanlangan kursda 1+3 yoki 2+2 shaklidagi magistratura+doktorantura kurslari mavjud bo’lsa, magistratura kursida o’qimagan nomzodlar ham hujjat topshirishlari mumkin. Bunda nomzod avvaliga magistratura, keyin doktoranturada o’qishi kerak bo’ladi.
  • Nomzod kamida IELTS 7,0 sertifikatiga ega bo’lishi, bunda testning barcha qismlaridan to’langan ball 6,5 dan past bo’lmasligi zarur.
  • Nomzod o’zi tanlagan PhD kursiga mos yo’nalishda tadqiqot rejasiga ega bo’lishi lozim. 

Dasturga qabul jarayoni:

SeNSS grantiga alohida ariza topshirilmaydi. PhD kurslariga 18-yanvargacha hujjat topshirish kifoya.

PhD kurslariga hujjat topshirgan nomzodlar PhD kurslariga mas’ul bo’limlar tomonidan grantga tavsiya qilinishlari mumkin. Har bir yo’nalish (iqtisod, turizm, lingvistika va  atrof-muhit barqarorligi yo’nalishlari uchun alohida saralash olib boriladi) tomonidan 2 nafardan nomzod grantga tavsiya etiladi. Grant uchun eng yuqori natijalarga ega nomzodlar tavsiya qilinadi. Qo’shimcha ma’lumot

Hujjat topshirish uchun:

  1. Tanlangan yo’nalish bo’yicha ilmiy rahbar toping. U bilan tadqiqot rejangizni hujjat topshirishdan oldin maslahatlashing. Ilmiy rahbarlik qilishi mumkin tadqiqotchilarni quyidagi yo’nalishlar veb saytlaridan topishingiz mumkin:

Centre for Environmental Sustainability

School of Economics

School of Hospitality and Tourism

School of Literature and Languages.

  1. Tanlangan yo’nalishda PGR va SeNSS dasturlariga mas’ul shaxslarga grant uchun nomzodingiz ko’rsatilishi kerakligi haqida xabar bering. Murojaat qilinishi zarur shaxslar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan (“apply” bo’limida).
  2. Shu vaqtgacha PhD kursiga hujjat topshirish mumkin emas. Agar nomzodning bo’lajak ilmiy rahbari uni SeNSS Studentship dasturiga tavsiya etsa, keyin PhD kursiga ariza topshirish jarayoni boshlanadi. Arizalar bu yerda topshiriladi. SeNSS dasturiga 18-yanvargacha hujjat topshirish zarur. Bu vaqtga qadar ilmiy rahbar topish, u bilan maslahatlashish va yuqorida sanab o’tilganlarni amalga oshirish zarur.

Murojaat uchun: 

phdstudentships@surrey.ac.uk 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!