×

ServiceScape Scholarship 2021: talabalar uchun 300 so’zli insholar tanlovi; mukofot – 1000 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

30.11.2021

QOLGAN VAQT

274 kun

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1604 marta

ServiceSpace kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan ServiceScape Scholarship 2021 insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Insholar tanlovi akreditatsiyadan o’tgan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo’ljallangan. Tanlovni tashkil etishdan maqsad talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Istalgan davlatdagi istalgan oliygoh talabasi ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda yozma muloqotning muhimligi va yozuvchilikning ahamiyati haqida qisqa hajmli insholar bilan ishtirok etish mumkin. O’tgan yillarda g’olib chiqqan ishlarni ko’rish uchun bu yerga bosing.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olibga o’qish xarajatlariga sarflashi uchun 1000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.

Talablar:

  • Tanlovda hozirda oliy ta’lim muassasalarida o’qiyotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
  • Nomzod kamida 18 yosh bo’lishi kerak.
  • Yozma ishlar ingliz tilida bo’lishi kerak.
  • Hajmi 300 so’zdan oshib ketmasligi kerak.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta yozma ish topshirishi mumkin.
  • G’olib dekabr oyida e’lon qilinadi. G’olibga imzolab, qayta jo’natishi uchun hujjatlar yuboriladi. Shu hujjatlarni 10 kun ichida qayta jo’natmasa, yutug’i bekor qilinishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 30-noyabrgacha bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirish uchun ko’rsatilgan ariza shaklini to’ldirib, “How Does Writing Impact Today’s World?” mavzusida 300 so’zdan oshmagan, ingliz tilidagi insho topshiring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!