×

ServiceScape Scholarship: 300 so’zli insho yozib, 1000 dollar yutib oling!


Grant

MUHLAT

30.11.2024

QOLGAN VAQT

220 kun

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

34903 marta

ServiceSpace tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ServiceScape Scholarship 2024 insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Insholar 2024-yilda tanlovi oliy ta’lim muassasalari tahsil olayotgan talabalar yoki 2024-yilda talaba boʻladigan nomzodlar uchun mo’ljallangan. Tanlovni tashkil etishdan maqsad talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir.

Tanlovga insholar ingiz tilida qabul qilinadi va unda istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.

Tanlovda yozma muloqotning muhimligi va yozuvchilikning ahamiyati haqida qisqa hajmli insholar bilan ishtirok etish mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today’s world?

O’tgan yillarda gʻolib chiqqan ishlarni ko’rish uchun bu yerga bosing.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻolibga o/qish xarajatlariga sarflashi uchun 1000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.

Talablar:

Nomzodlar va insholarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda hozirda oliy ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan talabalar va 2024-yilda talaba boʻladigan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Nomzod kamida 18 yosh bo’lishi kerak.
  • Insholar ingliz tilida boʻlishi kerak.
  • Hajmi 300 so’zdan oshib ketmasligi kerak.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta insho topshirishi mumkin.
  • G’olib dekabr oyida e’lon qilinadi. G’olibga imzolab, qayta jo’natishi uchun hujjatlar yuboriladi. Shu hujjatlarni 10 kun ichida qayta jo’natmasa, yutug’i bekor qilinishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 30-noyabrgacha onlayn shaklda bu yerda topshiriladi (sahifa oxiriga tushing). Insho topshirish uchun ko’rsatilgan ariza shaklini to’ldirib, “How Does Writing Impact Today’s World?” mavzusida 300 so’zdan oshmagan, ingliz tilidagi insho yoziladi va “Submit” tugmasi bosiladi.

Gʻolibga 2024-yil dekabr oyida xabar qilinadi.

MUHIM: Dastlab, tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan tanlov sahifasidagi aloqa shakliga (Chat with us) yozish orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!