×

ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari


Grant

MUHLAT

30.11.2024

QOLGAN VAQT

219 kun

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

12547 marta

Service Space tomonidan tashkil etilgan ServiceScape Short Story Award 2023 hikoyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda istalgan davlatdan bo’lgan hikoyanavislar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun istalgan janr va mavzudagi qisqa hikoya (short story) yozish zarur. Hikoya avvaliga ServiceSpace blogida onlayn tarzda e’lon qilinishi kerak. ServiceSpace blogida hikoyasi chop etilgan barcha yozuvchilar tanlovga ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Service Space blogiga bu yerda qo’shilishingiz mumkin.

Yozuvchilar bu tanlovda ishtirok etish orqali o’quvchilari sonini oshirishlari va moddiy manfaatga ega bo’lishlari mumkin. Tanlovda o’tgan yillarda g’olib bo’lgan yozuvchilar bilan bu yerda tanishing.

Hikoya yozish uchun mavzu va g’oya izlayotganlar bu yerdagi 700 dan ziyod mavzular bilan tanishib chiqishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish bepul.

Avvalgi yillardagi gʻoliblarning ishlari bilan BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional yozuvchilar, hikoya yozishga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga 1000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.

Talablar:

Nomzod va hikoyaga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi qatnasha oladi.
  • Nomzod ariza topshirish vaqtida kamda 18 yosh boʻlishi kerak.
  • Hikoyaning hajmi 5000 so’zdan oshmasligi, tili ingliz tilida bo’lishi kerak. Istalgan janr va mavzudagi hikoyalar qabul qilinadi.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta yozma ish topshirishi mumkin.
  • Gʻolibga imzolab, qayta jo’natishi uchun hujjatlar yuboriladi. Shu hujjatlarni 10 kun ichida qayta jo’natmasa, yutug’i bekor qilinishi mumkin.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hikoyalar 2024-yil 30-noyabrgacha bu yerda qabul qilinadi (sahifa oxiriga tushing). Nomzodlar soʻralgan maʼlumotlarni kiritishi va hikoyasini koʻrsatilgan maydonga yozib, “Submit” tugmasini bosish orqali hikoyasini topshirishi mumkin.

MUHIM: Dastlab, tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!