×

Shanxay: Yoshlar uchun xalqaro yozgi maktab


Grant

MUHLAT

06.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

3372 marta

15-20-iyul kunlari Shanxayda Yoshlar uchun xalqaro yozgi maktab (Youth International Summer School) kursi bo’lib o’tadi. Ushbu maktab kurslarida «Smart City» hamda «Smart Society» mavzulari muhokama qilinadi, ushbu mavular yuzasidan ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu yozgi maktabda qatnashish haqi 150 yevro. 150 yevro hisobiga qatnashchilar quyidagilar bilan ta’minlanadi:

  • Yozgi maktab davomida turar joy;
  • Yozgi maktab davomida oziq-ovqat;
  • Kurslar uchun materiallar;
  • Kurslardan tashqari turli ko’ngilochar tadbirlar.

Qatnashchilar Shanxayga kelish va ketish, shuningdek viza xarajatlarini o’zlari qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos tushishi lozim:

  • 18-35 yosh oralig’ida bo’lishi kerak;
  • Ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak;
  • Kuchli ijtimoiy mas’uliyat va qat’iyatga ega bo’lishi kerak;
  • Agar nomzod talaba, tatqiqotchi, yosh o’qituvchi, ijtimoiy-aktivistlar, notijorat tashkilot vakillari, tadbirkorlar bo’lsa, tanlanishi jihatdan ustunlikka ega bo’lishi mumkin.

Dasturning boshlanishi:

2018-07-15

Dasturning tugashi:

2018-07-20

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza va kerakli hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Onlayn arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

  1. CV.
  2. Motivatsiya xati.
  3. 1 minutlik motivatsion video. Ushbu videoda nomzod quyidagi savollarga ingliz tilida javob berishi kera:
    a) What do understand by the terms “Smart City” and “Smart Society”?
    b) What is you motivation for applying to the International Summer School in Shanghai.
    c) How will you implement the knowledge and skills you will gain from the International Summer School in Shanghai?

Barcha hujjatlar ingliz tilida to’ldirilishi lozim.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan summer-school@youth-time.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!