×

AQSh: bakalavr bosqichi uchun to’liq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2445 marta

AQShning Ogayo shtatida joylashgan Shawnee State University bakalavr kurslariga va ular uchun ajratilga moddiy yordam dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Shawnee universitetidagi istalgan yo’nalishdagi bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi va eng umidli talabalarga beriladi. Moddiy ta’minot dasturi tarkibiga Shawnee Scholar Award, Shawnee Achievement Award, Shawnee Excellence Award, Shawnee Success Award va Blue & Gray Award grantlari kiradi. Moddiy ta’minot dasturidan maqsad iqtidorli talabalarni rag’batlantirish. Shawnee Universitetida o’qitiladigan kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy yordam dasturi tarkibidagi grant miqdorlari:

  1. Shawnee Scholar Award – bu grantni yutib olgan talaba 4 yillik kontrakt to’lovidan ozod
  2. Shawnee Achievement Award – bu grantni yutib olgan talabaga 24000 AQSh dollari miqdoridagi grant 4 yil davomida 6000 AQSh dollaridan to’lab boriladi.
  3. Shawnee Excellence Award – bu grantni yutib olgan talabaga 20000 AQSh dollari miqdoridagi grant 4 yil davomida yiliga 5000 AQSh dollaridan to’lab beriladi.
  4. Shawnee Success Award – bu grantni yutib olgan talabaga 16000 AQSh dollari miqdoridagi grant har yili 4000 AQSh dollaridan to’lab boriladi.
  5. Blue&Gray Award – bu grantni yutib olgan talabaga 12000 AQSh dollari miqdoridagi grant har yili 3000 AQSh dollaridan to’lab boriladi.

Talablar:

Sanab o’tilgan grantlar nomzodning SAT testi natijalari va GPA ko’rsatkichiga asosan belgilanadi:

Universitetdagi kontrakt miqdorlari va boshqa xarajatlar haqida batafsill ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Shawnee Davlat Universiteti bakalavr grantlarini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas. Bakalavr kursiga hujjat topshirgan nomzod akademik ko’rsatkichlariga qarab grant uchun avtomatik tarzda nomzodlikka qo’yiladi.

Bakalavr kurslariga o’qishga arizalar 2019-yil 15-yanvarga qadar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirishda keraklii hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Baholar.
  3. IELTS yoki TOEFL testi natijalari.
  4. SAT yoki ACT testi natijalari.

Hujjatlar pochta orqali quyidagi manzilga jo’natilishi kerak:

Office of Admission
Shawnee State University
940 Second Street
Portsmouth, Ohio 45662-4344
Fax: (740) 351-3111

Ma’lumot uchun (740) 347-1749 raqamiga yoki fin_aid@shawnee.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!