×

Transform Together Scholarships: Buyuk Britaniyada bakalavr va magistraturani oʻqish uchun 50% grant


Grant

MUHLAT

01.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4520 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sheffield Hallam universiteti bakalavriat va magitraturada toʻliq oʻqish (full-time) asosida tahsil olishni xohlovchi nomzodlarga Transform Together Scholarships grant dasturini taklif etadi. Grant universitetdagi istalgan bakalavriat (undergraduat) yoki magistrlik (postgraduate taught) kursi uchun taqdim etiladi. Hozirda 2022-yilning yanvaridan boshlanadigan kurslarga beriladigan grant uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Universitetdagi kurslar roʻyxati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlarga 1-oʻquv yil uchun kontrakt summasining 50% qismi toʻlab beriladi. Aksariyat magistrlik kurslari 1 yil davom etadi, bakalavrlik kurslari esa 3-4 yil davom etadi.

Talablar:

Grantni qoʻlga kiritish uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi va o’qishga to’lov-shartnoma asosida qabul qilingan bo’lishi / qabul qilinishi kerak.
  2. Nomzod qabul qilingan bakalavr yoki magistratura kursi 2022-yil yanvarda boshlanishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Til bilish darajasiga qo’yilgan talablar bu yerda.
  4. Nomzod oʻzi tanlagan bakalavrlik yoki magistrlik kursining qabul shartlariga mos boʻlishi kerak.
  5. Nomzod kontraktning qolgan qismi va boshqa xarajatlarni qoplash imkoniga ega bo’lishi kerak.
  6. Nomzod to’liq oʻqish (full-time) asosida tahsil olish uchun qabul qilinishi / qabul qilingan boʻlishi kerak.
  7. International Foundation Programme kurslari talabalariga grant berilmaydi.
  8. Boshqa manbadan moddiy ta’minot oladigan talabalarga grant berilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hozirda 2022-yilning yanvarida boshlanadigan kurslar uchun grantga ariza qabul qilinmoqda. Grant uchun arizalar 2021-yilning 1-noyabrigacha topshirilishi lozim.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Sheffield Hallam universitetidagi birorta bakalavrlik yoki magistratura (postgraduate taught) kursiga hujjat topshirish kerak.
  2. Grant talablari bilan batafsil tanishib chiqish va unga mos ekaningizga ishonch hosil qilishingiz kerak.
  3. Topshirgan bakalavrlik yoki magistrlik kursiga qabul taklifini olgach, quyidagi qadamlarni bajarish kerak:
    – 2021-yilning 1-noyabrigacha grantning onlayn ariza shaklini toʻldirib, topshirish kerak;
    – 2021-yilning 1-noyabrigacha baholarni globalscholarshiptranscripts@shu.ac.uk elektron manziliga yuborish kerak;
    – Agar grant ajratilsa, nomzodga grantga qabul tugaganidan boshlab 1 oy ichida xabar qilinadi.

Bakalavrlik va magistraturaga qabul talablari, kerakli hujjatlar roʻyxati va boshqa maʼlumotlar bilan kerakli kursni tanlash orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!