×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 25% grant; joylar – 100ta!


Grant

MUHLAT

19.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2050 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sheffield Universitetining Postgraduate Taught Merit Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi shu universitetda o’qitiladigan magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar magistraturaga qabul qilingan iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Grant dasturi doirasida 2019-yil kuzida boshlanadigan magistratura kurslari uchun 100 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Quyidagi kurslar grant dasturida ishtirok etmaydi:

  • DClinDent Orthodontics
  • MClinDent in Orthodontics
  • DClinDent Endodontics
  • MClinDent in Paediatric Dentistry
  • DClinDent Periodontics
  • MMedSci in Diagnostic Oral Pathology
  • DClinDent Prosthodontics        

Grantlar qolgan barcha magistratura kurslariga berilishi mumkin. Kurslar ro’yhati bu yerda berilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sheffield universiteti magistrlik grantini yutib olgan talaba kurs kontrakti uchun 25% chegirmaga ega bo’ladi. Universitetdagi fakultetlarda yo’nalishlar uchun mahsus grantlar ham bor, talaba shunday grantlarni yutib olishi ham mumkin, ya’ni bu grantni yutgan talaba boshqa grant olishi mumkin emas, degan qoida yo’q. Biroq, quyidagi mahsus grantlar bu grant bilan birga berilishi mumkin emas:

– International Postgraduate Taught Scholarship
– NCUK Postgraduate Taught Merit Scholarship
– NCUK Postgraduate Taught Scholarship
– The University of Sheffield Southern Africa Student Scholarship Fund
– Santander International Merit Scholarship
– Sir SY Chung Scholarship

Agar talaba 2 yillik magistratura kursiga o’qishga kirgan bo’lsa, grant ikkinchi yili ham berilishi uchun u birinchi yili a’lo baholarga o’qishi va o’zini namunali tutishi kerak. Sirtqi bo’limda o’qiyotgan talabalarga 2 yillik grant miqdori 4 yilga bo’lib beriladi. Kontrakt miqdorlarini bu yerga kirib kerakli kursni belgilab bilib olish mumkin.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Sheffield Universitetida o’qitiladigan to’liq stavkadagi yoki sirtqi shakldagi magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Masofadan turib o’qitiladigan kurslar talabalari uchun grant berilmaydi.
  2. Nomzod o’qishga qabul qilingan kurs 2019-yil sentabr oyida boshlanishi kutilayotgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod o’qishga qabul qilingan kurs to’liqligicha Sheffield universiteti tomonidan o’qitilishi kerak. Ba’zi kurslar bir necha universitet hamkorligida o’qitiladi va kurs ham shu universitetlar o’rtasida bo’lib o’qitiladi. Bunday hamkorlik kurslariga grant ajratilmaydi.
  4. Crossways va Erasmus Mundus dasturlari doirasida tashkil etilgan magistratura kurslariga ham grant berilmaydi. Bunday kurslarning o’z grantlari bo’ladi.

Kursga qabul uchun talablar:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va baholari a’lo yoki yaxshi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan kursning ichki talablariga ham mos bo’lishi kerak. Masalan, ba’zi kurslar bakalavr bosqichida qaysidir fan o’qitilgan bo’lishini talab qiladi, boshqa kurslar ham sohaga oid biror talab qo’yishi mumkin. Buni aniq bilish uchun sizni qiziqtirgan kurs bilan yaxshilab tanishib chiqish kerak. Kurslar ro’yhati
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi shart. Odatda qabul va grant uchun nomzod ingliz tilini kamida C1 darajasida bilishi talab qilinadi. Lekin til uchun talablar kursga qarab o’zgarib turadi. Sizni qiziqtirgan kurs uchun qanday IELTS yoki boshqa test natijasi talab qilinishini bilish uchun bu yerga yoki bu yerga kirib ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun avvaliga magistratura kursiga o’qishga hujjat topshirish kerak. O’qishga kirib, talabalikka tavsiya etilganligi ma’lum bo’lgan talabalargina grantga nomzodlikka qoyiladi. Kursga hujjatlar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. 2019-yill 19-aprel sanasiga ko’ra talabaga aylanib bo’lganlar grant uchun nomzodlikka qo’yiladi.

Qabul uchun kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi va baholar.
  2. Ingliz tili testi sertifikati.
  3. Shaxsiy bayonot (personal statement).
  4. CV.
  5. Nomzod haqida ma’lumot bera oladigan 2 nafar shaxsga bog’lanish uchun ma’lumotlar.

Ma’lumot uchun +44 114 222 2000 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!