×

Shining A Light International Photography Contest: suv mavzusida olingan fotosuratlar uchun 1000 AQSh dollari mukofot!


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1173 marta

The Muhammad Ali Center tomonidan tashkil etilgan Shining A Light International Photography Contest fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov professional va havaskor suratkashlar uchun mo’ljallangan bo’lib, bu yil “Water” (suv) mavzusidagi fotosuratlar qabul qilinadi. Tanlov mavzusi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga (Sustainable Development Goals) kiritilgan, toza suv va sanitariyani yaxshilashga qaratilgan 6-maqsad ruhida tanlangan.

Shining A Light fotosuratlar tanlovi gender tengligi va ayollar huquqlariga oid mavzularda o’tkazib kelinadigan tanlov bo’lgani sababli bu yilgi mavzuga oid fotosuratlarda ham ayollar turmush tarzi, gigiyenasi, ishi kabilarda suvning o’rni ko’rsatib berilishi kerak. Tanlovga topshirilgan suratlar ichidan saralab olingan eng yaxshi 30-45 fotosuratlar 2021-yil 6-martdan boshlab AQShning Kentukki shtati, Luisvil shahrida joylashgan Muhammad Ali Center markazida ko’rgazmaga qo’yiladi.

“Yer yuzidagi insonlarning 40 foiz qismidan ko’pi suv tanqisligidan aziyat chekadi. Iqlim dunyo bo’ylab isib borishi bilan suvga tanqisligi muammosi ham jiddiylashib boradi. Garchi suvga barchaning ehtiyoji baland bo’lsa ham, hayot tarzi va majburiyatlari sababli ayollar suvdan ko’proq foydalanadilar. BMT Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari tarkibidagi toza suv va kanalizatsiya masalalarini hal etishga qaratilgan tashabbus ijtimoiy masala sifatida ayollar hayotiga uch jihatdan ta’sir qiladi: 

  • Dunyodagi ko’p hududlarda ayollar oila uchun suv tashishga mas’ul hisoblanadi va shu sababli uzoq yo’l yurib, suv tashishga majbur bo’ladi.
  • Ko’p oilalarda suvning iste’mol, tozalash va boshqa maqsadlarda sarflanishiga ayollar mas’ul bo’ladilar.
  • Ayollarning jismoniy ehtiyojlari (farzand ko’rish, reproduktiv sikllar, bola tarbiyasi va hkz.) sababli ular suvga ko’proq muhtoj.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun: 1000 AQSh dollari pul mukofoti
  • 2-o’rin uchun: 750 AQSh dollari pul mukofoti
  • 3-o’rin uchun: 500 AQSh dollar pul mukofoti.

Talablar:

  • Tanlovda professional va havaskor suratkashlar – barcha ishtirok etishi mumkin.
  • 18 yoshga to’lmagan ishtirokchilar ota-ona yoki vasiy roziligi bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi bitta fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin. 
  • Fotosurat uchun mualliflik huquqi va boshqa barcha (suratni sotish, foydalanish va hkz.) huquqlar muallifda saqlanib qoladi.
  • Surat muallifi ko’rsatilgan insonlar va obyektlarni suratga tushirishga ulardan va ularga mas’ul shaxslardan ruxsat olgan bo’lishi kerak.
  • Tanlovga original (muallifga tegishli va o’zgartirilmagan) suratlar qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2020-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi. Arizani bu yerda topshirishingiz mumkin. Murojaat uchun bgoldy@alicenter.org elektron manziliga ingliz tilida e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!