×

Shotlandiya: Bakalavr bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1527 marta

Shotlandiyaning The University of Dundee – Dandi universiteti Global Excellence Scholarships September (Undergraduate) 2019/20 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-yilning kuzida boshlanadigan bakalavr bosqichida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 4 yilgacha beriladi. Grant aʼlochi, tirishqoq, oʻqishga qiziquvchi, ijtimoiy va darsdan tashqari tadbirlarda faol talabalarni moddiy ragʻbatlantirish uchun tashkil qilingan.

Grant universitetning quyidagi bakalavr kurslarida oʻqish uchun beriladi:

  • Anatomy
  • Forensic Anthropology
  • Forensic and Medical Art
  • Architecture and Urban Planning
  • Archives and Record Management
  • Art and Design
  • Biological/Biomedical Sciences
  • Biomedical Engineering
  • Business (Accountancy / Economics / Finance / International Business)
  • Careers
  • Civil Engineering
  • Community Learning and Development
  • Computing
  • Dentistry
  • Education
  • Electronic Engineering
  • Energy Petroleum and Mineral Law and Policy
  • English
  • Creative Writing
  • Film Studies
  • European Studies
  • Geography
  • Environmental Science
  • History
  • Languages
  • Law
  • Liberal Arts
  • Mathematics
  • Mechanical Engineering
  • Medicine
  • Nursing and Health Sciences
  • Philosophy
  • Physics
  • Politics and International Relations
  • Pre-sessional English courses
  • Psychology
  • Social Work

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The University of Dundee bakalavr kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 16 450 dan 25 000 funt-sterlinggacha.

Grant yutib olgan nomzodga toʻrt yilgacha har yilga 5 000 funt-sterling mablagʻ ajratiladi. Bu pulni faqat kontrakt toʻlashga ishlatish mumkin.

Grant nomzodning yashash, ovqatlanish, viza va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Dandi universitetining 2019-yil sentyabrda boshlanadigan bakalavr kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak. Grant beriladigan kurslarning roʻyxati yuqorida koʻrsatilgan. Agar oʻqishga ariza bermoqchi boʻlsangiz, roʻyxatdan oʻzingizga mos sohani tanlang.
  • Oʻqishga kirgan nomzod “chet el fuqarosi” statusiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Tilni qay darajada bilish kerakligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod darsdan tashqari va ijtimoiy tadbirlardan faol qatnashgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetda oʻqitiladigan bakalavr kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grant ajratilishi esa shu arizaga qarab hal qilinadi. Yaʼni, grantga alohida ariza berish shart emas.

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avval universitetning qidiruv sahifasidan kerakli kursni
  • Kurs sahifasidan Overview boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Batafsil tanishamiz. Bu boʻlimda kurs haqida umumiy maʼlumt berilgan.
  • Entry Requirements boʻlimini tanlaymiz. U yerda uchun oʻqishga kirish talablari koʻrsatilgan.
  • “Fees & Funding boʻlimida kurs uchun qancha kontrakt toʻlash kerakligi ham yozilgan.
  • Ingliz tili uchun koʻrsatilgan talablar bilan tanishamiz. Sertifikatingiz shu talablarga javob berishi kerak.
  • “Your Application boʻlimidan ariza shaklini olib, toʻldiramiz. Barcha ariza shakllarida kurslarning dedlayni berilgan. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.
  • Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini contactus@dundee.ac.uk manziliga bogʻlanib aniqlaymiz (agar zarur boʻlsa).

Grant uchun alohida ariza toʻldirilmaydi. Stipendiya komissiyasi oʻqishga kirishga toʻldirilgan arizaga asosan grant ajratish masalasini koʻrib chiqadi. Agar birorta qoʻshimcha hujjat kerak boʻlsa, komissiya nomzod bilan bogʻlanib, hujjatlarni joʻnatishni soʻraydi.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati. Har bir kurs sahifasida til bilish darajasi haqida maʼlumot berilgan. Kurslarga qarab maʼlumotlar farq qiladi. Ariza toʻldirishdan oldin buni toʻliq oʻrganib chiqing.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Har bir kurs sahifasida qoʻshimcha savolla tugʻilganda bogʻlanish uchun elektron pochta manzili berilgan. Biror muammo paydo boʻlsa, shu manzil orqali aniqlang.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini oʻqib chiqing.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

Nomzodlarni saralash ularning aʼlo baholari va yutuqlari, intiluvchanligi, sohaga qiziqishi, ijtimoiy faolligi, volontyorlik faoliyatida qatnashganligi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Grant dasturi uchun 2019-yil 31-oktyabrgacha ariza berish mumkin. Natijalar dedlayn muddatidan keyin tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

 Grant masalasida savollar tugʻilganda murojaat uchun: contactus@dundee.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!