×

Shotlandiya: Bakalavr kurslari uchun qisman grant dasturi


Grant

MUHLAT

31.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

4218 marta

Shotlandiyaning Glazgo shahri markazida joylashgan, Buyuk Britaniyaning eng nufuzli OTMlaridan biri hisoblangan The University of Strathclyde Business Administration bakalavr kurslari uchun ajratilgan grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Dasturdan maqsad iqtidorli talabalarga kontrakt pulini to’lashni yengillashtirish. Bu grantga hujjat topshirish uchun nomzodlar hozir shu OTMning 2018-yil kuzda boshlanadigan (BBA) Honours Business Administration kursiga qabul qilingan yoki o’qishga kirgan bo’lishlari zarur. Bu kurs tarkibida quyidagi yo’nalishlar mavjud:

  • Business Analysis and Technology;
  • Business Enterprise;
  • Economics;
  • Human Resource Management;
  • Hospitality and Tourism Management;
  • Marketing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qimoqchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga kontrakt to’lash uchun yordam sifatida 2000 funt sterling miqdoridagi mablag’ uch yil davomida to’lab beriladi.

Talablar:

Nomzodga talablar

Grantga ariza bermoqchi bo’lgan nomzod University of Strathclyde’ning 2018-yilgi BBA Honours Business Administration kursiga xalqaro talaba sifatida o’qishga kirgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirish uchun onlayn ariza topshirish kerak. Ariza topshirishda quyidagi mavzuda insho taqdim etish ham kerak: “essay about an organisation that you admire and would like to work for, the role you would ideally have within this organisation and the impact you’d look to make”.

Eslatmalar

  • Ma’lumot uchun: sbs-adviser@strath.ac.uk
  • Ariza topshirishda texnik muammolar kelib chiqsa, sbs-adviser@strath.ac.uk elektron manziliga yoki +44 (0)141 548 4114 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
  • University of Strathclyde’ning tashqi ko’rinishi va tuzilishi ko’rmoqchi bo’lsangiz, ushbu videoni tomosha qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!