×

Shotlandiya: Bakalavr va magistratura bosqichlarida oʻqish uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1933 marta

Buyuk Britaniyaning Shotlandiya davlati Kardif shahrida joylashgan Cardiff University 2019-2020-oʻquv yili uchun International Foundation Programme Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda oʻqitiladigan barcha bakalavriat va magistratura kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yil davomida beriladi. Grantga nomzodlar yuqori salohiyatli, a’lochi boʻlishlari talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Cardiff University kurslarida oʻqish uchun kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun bakalavriat kurslariga: shu yerda va magistratura uchun esa: shu yerda koʻrsatilgan. Kontrakt hajmi tanlangan kursga qarab farq qiladi, batafsil ma’lumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan oling.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontrakt toʻlovidan 2 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning 2019-yilning 31-iyuligacha istalgan bakalavriat yoiki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi kerak.
  • Oʻzbekistonlik nomzodlar (bakalavriat uchun) bir yillik International Foundation Programme kurslarida oʻqishlari zarur. Bu dasturga qabul uchun baho 5,0 dan kamida 4,0 boʻlishi talab qilinadi. Bu haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod visa talablariga mos boʻlishi kerak.

Grant talablari haqida barcha ma’lumot: shu yerda batafsil berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar 2019-yilning 31-iyuligacha istalgan bakalavriat yoiki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Gʻoliblar kursga hujjat topshirgan nomzodlar ichidan tanlab olinadi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn – 2019-yil 6-iyun, grantga esa – 2019-yil 31-iyul.

Kursga hujjat topshirish uchun barcha ma’lumot, kirish talablari, ingliz tili talablari va hujjatlar haqida bakalavr kurslari uchun: shu yerdan, magistratura uchun esa: shu yerdan bilib olish mumkin. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun maxsus talablar: shu yerda koʻrsatilgan.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Pasport nusxasi.
  • Attestat/kollej/litsey/foundation programme/bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5-7.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Magistratura uchun Research proposal topshriladi.
  • Magistratura uchun ikkita tavsiyanoma talab qilinadi.
  • Tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga salohiyati, ijtimoiy faolligi, aʼlo baholari, kabilarga asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: foundation@cardiff.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!