×

Shotlandiya: Biznes boʻyicha bakalavriat bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

03.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1268 marta

Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi BBA International dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Business Schoolning 2020-yil sentabrda boshlanadigan bakalavriat bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch yilgacha beriladi.

Grantlar Business Schoolning tabiiy fanlar boʻyicha quyidagi kurs talabalariga beriladi:

  • Economics
  • Entrepreneurship
  • Human resource management
  • Marketing
  • Business
  • Hospitality and tourism

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Strathclyde 2019-2020-oʻquv yiliga bakalavriat kurslarida oʻqish toʻlovi kurslarga koʻra farq qiladi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasining “Fees&funding” boʻlimida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga oʻqish muddati tugaguncha har yili kontraktdan 2 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yil sentabr/oktabrdan Business Schoolning yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida yaxshi/a`lo boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin.
  5. Agar nomzod boshqa universitetlarda talaba sifatida roʻyxatda turgan boʻlsa, oʻqishini Strathclyde Universityga koʻchirishi lozim.
  6. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2020-yil sentabr/oktabrda boshlanadigan Business Schoolning yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan bakalavriat kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinadi. Hujjat topshirish muddati 2019-yil 17-oktabrdan 2020-yilning 3-mayigacha.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Universitet rasmiy saytining “International undergraduate” sahifasiga kiring.
  2. Sahifaning kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  4. Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarni sahifaning oʻng tarafidagi “Apply” boʻlimidan batafsil oʻqib chiqing va ariza bering.
  5. Shu yerdan grantga ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin. Batafsil: shu yerda.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,5 ball (barcha qismlardan kamida 5,5) yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxas
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: sbs-adviser@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!