×

Shotlandiya: Huquq bo`yicha magistratura uchun 5 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shotlandiya

O'QILGAN

1315 marta

Shotlandiyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Strathclyde Prestige Award for Excellence in International Commercial Law dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning International Commercial Law huquqshunoslik magistratura (LLM) kursida o`qishni istagan talabalarga beriladi. Grant 1 yilga moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Huquq bo`yicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Strathclyde International Commercial Law LLM magistratura kursida oʻqish toʻlovi 2019-2020-yiliga 15,700 funt-sterling. O`qish kunduzgi bo`limda bir yil davom etadi.

Grant yutib olgan nomzodga bir yil muddatga o`qish pulini to`lash uchun 5 000 funt-sterling pul beriladi.

Grant kontrakt to`lovini qisman qoplaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Ro`yxatda ko`rsatilgan davlat fuqarolari grantga ariza bera oladilar (O`zbekistonliklar ariza berishi mumkin).
  2. Nomzod universitetning Commercial Law LLM kursiga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod 2019-yil sentabrdan universitetda o`qishni boshlashga tayyor bo`lishi lozim.
  4. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1 daraja talab qilinadi.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida ko`rsatilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 talab qilinadi.
  6. Bakalavr va/yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Commercial Law LLM (postgraduate taught) kursiga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga va o`qishga arizalar 2019-yil 30-aprelga qadar qabul qilinadi.

O`qishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval https://www.strath.ac.uk/courses/ qidiruv sahifasidan Commercial Law LLM dasturini tanlang.
  2. Commercial Law LLM kurs sahifasidagi Why this course? bo`limida berilgan umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  3. Course content sahifasida bir nechta tarmoqlar berilgan. Shulardan birini tanlaymiz.
  4. Entry requirements bo`limida kirish talablari haqida yozilgan.
  5. Fees bo`limida kontrakt to`lovi va qanday to`lash mumkinligi haqida aytilgan.
  6. Apply bo`limida hujjat topshirish tartibi ko`rsatilgan. O`zimizga kerakli tarmoqni tanlab, Apply yozuvini bosamiz. Ariza to`ldiramiz va kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.
  7. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasida berilgan hass-pg-enquiries@strath.ac.uk manziliga yoki 00441414448600 telefon raqamiga murojaat qilish lozim.

Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun ariza shakli toʻldiriladi va 300 ta so`zgacha yozilgan esse bilan birga dedlaynga qadar jo`natiladi. Esse Commercial Law sohasiga qanday hissa qo`sha olishi mumkinligi haqida yoziladi.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi. BA yoki LLB diplomi topshiriladi.
  3. Ingliz tili sertifikati. Kursga kamida IELTS 6,5 so`raladi.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
  6. Motivatsion xat talab qilinishi mumkin.
  7. Moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotnoma so`ralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning Commercial Law sohasiga hissa qo`shish haqidagi essesi, a’lo baholari, liderlik qobiliyati, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy bilim va tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi;

Bog`lanish uchun: hass-pg-enquiries@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!