×

Shotlandiya: Investitsion tahlil boʻyicha magistraturada oʻqishni istaganlar uchun toʻliq grant; stipendiya – 4 000 funt-sterling!


Grant

MUHLAT

28.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shotlandiya

O'QILGAN

3670 marta

Shotlandiyaning Stirling shahrida joylashgan University of Stirling 2021-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan MSc Investment Analysis mutaxassisligi boʻyicha tahsil olishni istagan nomzodlardan 2021-yilgi Karen Napier Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya ikki nafar talaba uchun magistratura kursining toʻliq muddati (2 yil) davomida beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Stirlingning MSc Investment Analysis mutaxassisligi boʻyicha oʻqish toʻlovi 2021-2022-oʻquv yili uchun 20 845 funt-sterlingni tashkil etadi. Kontrakt hajmi toʻgʻrisida toʻliq: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  2. 4000 funt-sterling stipendiya beriladi.

Grant stipendiatning boshqa sarflarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza berishdan avval University of Stirlingning MSc Investment Analysis dasturiga oʻqishga hujjat topshirishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 28-mayga qadar qabul qilinadi.

Grantga ariza topshirishdan avval MSc Investment Analysis yoʻnalishiga oʻqishga topshirish kerak. Birinchi universitetga qabul uchun hujjat topshiring.

MSc Investment Analysis dasturiga hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

  1. MSc Investment Analysis sahifasidan “Entry requirements” boʻlimini tanlang.
  2. Berilgan roʻyxatdan “Uzbekistan”ni koʻrsating.
  3. Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini  graduate.admissions@stir.ac.uk elektron manzili yoki on +44 (0) 1786 466655 raqamiga bogʻlanib aniqlang (zarur boʻlsa).
  4. “Apply now” havolasi orqali ariza toʻldiring. Bunda kerakli maʼlumotlar kiritiladi va soʻralgan hujjatlar yuklanadi.

Mazkur magistrlik dasturiga ariza topshira olishi uchun oʻzbekistonlik nomzodlarning bakalavriatdagi baholari oʻrtachasi kamida 70% boʻlishi kerak. Shuningdek, nomzod IELTS 6.0 (hech bir boʻlimi 5.5 dan past boʻlmasligi kerak) yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikatiga ega boʻlishi lozim.

Magistrlik kursiga imkon qadar ertaroq hujjatlarni topshirish tavsiya etiladi.

Grantga ariza berish. Grantga alohida onlay ariza toʻldiriladi. Arizaning barcha boʻlimlarni toʻldirilishi lozim.

Shuningdek, grant arizasida mazkur grant sizga qanday yordam berishi, oʻqishni tugatgandan keyingi 5 yillik kasbiy yoki taʼlim olishga oid rejalaringiz haqida 700 tagacha soʻzdan iborat insho ham yozilishi kerak. Shu sababli avval bu inshoni yozib, tayyor qilib oling va undan keyin grantning onlayn arizasini toʻldirishni boshlang.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan SMSScholarships@stir.ac.uk elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!