×

Shotlandiya: magistratura va PhD uchun to’liq grant va yillik 14,777 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3537 marta

Shotlandiyaning The University of Dundee – Dandi universiteti School of Social Sciences – PhD Studentships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-yilning kuzidan postgraduate taught va PhD bosqichida oʻqishni istagan tadqiqotchilar uchun uch yilgacha berilishi moʻljallangan. Grant doirasida nomzodlar turli konferensiyalarda qatnashish, sayohat qilish imkoniyati bor. Shuningdek, grant o`qish muddati tugaguncha nomzodga yillik stipendiya ajratadi, turar joy va boshqa xarajatlarni qoplaydi.

Grant universitetning quyidagi PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi:

  • Architecture and Urban Planning
  • Business (Accountancy / Economics / Finance / International Business)
  • Energy Petroleum and Mineral Law and Policy
  • Geography
  • Environmental Science
  • Law
  • Politics and International Relations
  • Psychology

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The University of Dundee PhD va postgraduate kurslarida oʻqish muddati bir yildan uch yilgacha. Kontrakt toʻlovi yiliga taxminan 17,275 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga uch yilgacha:

  1. Kontrakt puli toʻlab beriladi.
  2. Har yili yillik 14,777 funt-sterling stipendiya ajratiladi.
  3. Nomzod turar joy bilan taʼminlanadi.
  4. Nomzodning konferensiyalarda qatnashishi uchun 500 funt-sterling pul beriladi.
  5. Sayohat qilish uchun 750 funt-sterling mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladi.
  • Dandi universitetining 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura yoki doktorantura kurslaridan birining birinchi kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak. Grant beriladigan ijtimoiy fanlar dasturlarining roʻyxati yuqorida koʻrsatilgan.
  • Nomzod tanlangan soha boʻyicha kerakli bilimlarga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Doktorantura/magistraturada oʻqiyotgan (avvalgi yili oʻqishga kirgan) nomzodlar ariza topshira olmaydilar.
  • Tanlangan soha boʻyicha ish tajribasi bor nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.
  • Barcha jins va irqqa mansub nomzodlar hujjat topshira oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetda oʻqitiladigan ijtimoiy fanlar magistratura yoki doktorantura kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grant ajratilishi uchun arizani alohida joʻnatish kerak.

Dastlab oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirishamiz.

Masalan, Architecture with Urban Planning mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avval universitetning qidiruv sahifasidan Architecture with Urban Planning kursini topamiz.
  • Architecture with Urban Planning sahifasining Overview boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan.
  • Entry Requirements boʻlimida oʻqishga kirish talablari koʻrsatilgan. Talablar bilan tanishamiz.
  • Fees & Funding boʻlimida kurs uchun qancha kontrakt toʻlash kerakligi koʻrsatilgan.
  • Ingliz tilini bilish talablarida IELTS kamida 6.0 boʻlishi kerakligi yozilgan. Demak, til sertifikati shu talabga mos bo`lishi kerak.
  • Your Application boʻlimidan “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz. Kursning kodiga P060631 ni yozamiz. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.
  • Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini: SHU YERDAN aniqlaymiz.

Qanday hujjat topshirish tanlagan kursingizga qarab farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan talablar va hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot oling.

Grant uchun ariza toʻldirish. Ariza uchun shaklni phd-socialsciences@dundee.ac.uk manzilidan olish kerak. Stipendiya komissiyasiga quyidagi hujjatlarni joʻnatish kerak:

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Anketani phd-socialsciences@dundee.ac.uk manzili orqali oling. Anketani toʻldiring.
  • 12 shriftda 3 betdan oshmagan research proposal. Bunda ishingizdan maqsad, qanday muammoni hal qilmoqchisiz va rejalaringiz haqida yozish kerak.
  • Rezyume/CV.
  • Diplom va diplom ilovasi.
  • Tavsiyanomani ilmiy rahbaringiz yozib berishi kerak.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin. Chunki stipendiya Yevropa Ittifoqi yoki Britaniya fuqarosi bilan bir xilda toʻlanadi. Boshqa xarajatlarni oʻzingiz qoplay olishingiz uchun moddiy ahvolingiz yetarli boʻlishi talab qilinadi.

Yuqorida berilgan mutaxassisliklarning har biri uchun hujjatlar, ilmiy rahbar tanlash bilan bogʻliq masalalarni hal qilish kerak. Buning uchun: SHU YERDA barcha yoʻnalishlar uchun masʼul shaxslar roʻyxati berilgan. Agar savollar bo`lsa, ular bilan maslahatlashish zarur.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqot loyihasi, aʼlo baholari, til bilishi, erishgan yutuqlari, ilmiy salohiyatiga koʻra amalga oshiriladi.

Grant dasturi uchun 2019-yil 15-aprelgacha ariza berish mumkin. Natijalar oʻqish boshlanguncha elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Savollar tugʻilganda murojaat uchun:

Mrs Vikki Watson or Mrs Linn Macfarlane

Elektron pochta: PhD-SocialSciences@dundee.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!