×

Shotlandiya: Magistraturada oʻqishni istaganlar uchun 4 000 funt-sterling grant; joy – 12ta!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1649 marta

Shotlandiyaning Stirling shahrida joylashgan University of Stirling 2020-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan magistratura kurslarida tahsil olishni istagan nomzodlardan 2020-21-yilgi Postgraduate International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya ikki nafar talaba uchun ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Stirlingda magistratura boʻyicha oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Kontrakt hajmi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot bilan tanlangan kurs saifasida tanishing.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontraktdan 4 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant stipendiatning boshqa xarajatlarini va kontraktning qolgan qismini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza berishdan avval University of Stirlingning magistratura (postgraduate taught) kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod “overseas” statusida boʻlishi lozim
  5. Nomzod “full-time” kursda oʻqishi zarur.
  6. Nomzod Stirling campus kampusida oʻqishi kerak.
  7. Nomzod a’lochu boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 31-martga qadar qabul qilinadi.

Grantga ariza topshirishdan avval magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Birinchi universitetga qabul uchun hujjat topshiring.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Kirish talablarini tanlagan kursingizning “Entry requirements” boʻlimidan aniqlang. U yerda davlatlar boʻyicha alohida talablar koʻrsatilgan. Berilgan roʻyxatdan “Uzbekistan”ni koʻrsating.
  3. Qanday qilib hujjat topshirishni How to apply sahifasidan batafsil oʻrganib chiqing.
  4. Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini admissions@stir.ac.uk manzili yoki +44 (0) 1786 466655 raqamiga bogʻlanib aniqlang (zarur boʻlganda).
  5. Agar ingliz tili koʻrsatilgan talabga javob bermasa pre-sessional English language coursesda oʻqib, bilimlarni kengaytirish mumkin.
  6. “Apply now” havolasi orqali ariza toʻldiring.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Nomzod oʻqigan bakalavriat kursida eng kuchli talabalardan biri boʻlishi kerak. Baholar kamida 70% ijobiy boʻlishi kerak.
  2. GMAT/GRE (agar soʻralsa).
  3. Oʻqish uchun moliyaviy holati yetarliligi haqida maʼlumot.
  4. Talabalik vizasi.
  5. Ingliz tilini egallanganlik IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Grantga ariza berish. Grantga ariza toʻldirilib, international@stir.ac.uk elektron manziliga 2020-yil 31-martgacha joʻnatiladi.

Bogʻlanish uchun: international@stir.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!