×

Shotlandiya: PhD bosqichi uchun to’liq grant, oylik stipendiya hamda bepul turar joy!


Grant

MUHLAT

22.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2062 marta

Shotlandiyaning Dundee shahrida joylashgan The University of Dundee o’zining navbatdagi The University of Dundee Humanitarian Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi 2019-yil sentabrda boshlanadigan PhD kurslariga qabul qilingan/qilinadigan, Yevropa Ittifoqi hamda boshqa 169 ta davlatdan (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) bo’lgan talabalar uchun mo’ljallangan. Grantlar PhD bosqichining 40dan ziyod yo’nalishlari uchun beriladi (batafsil ma’lumot bu yerda). Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant quyidagi yo’nalishlardan birigi qabul qilingan/qilinadigan nomzodlarga beriladi:

  • Anatomy
  • Forensic Anthropology
  • Forensic and Medical Art
  • Architecture and Urban Planning
  • Archives and Record Management
  • Art and Design
  • Biological/Biomedical Sciences
  • Biomedical Engineering
  • Business (Accountancy / Economics / Finance / International Business)
  • Careers
  • Civil Engineering
  • Community Learning and Development
  • Computing, Dentistry
  • Education
  • Electronic Engineering
  • Energy Petroleum and Mineral Law and Policy
  • English
  • Creative Writing
  • Film Studies
  • European Studies
  • Geography
  • Environmental Science
  • History
  • Languages
  • Law
  • Liberal Arts
  • Mathematics,
  • Mechanical Engineering
  • Medicine
  • Nursing and Health Sciences
  • Philosophy
  • Physics
  • Politics and International Relations
  • Psychology
  • Social Work

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The University of Dundee Humanitarian Scholarship dasturi bo’yicha grant yutib olgan tadqiqotchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Kontrakt to’lovini to’lash uchun bir martalik 20 950 funt sterlinggacha (taxminan 27 555 AQSh dollari) bo’lgan mablag’. (Agar tadqiqotchining tanlagan kursi to’lovi bir yil uchun yuqoridagi summadan ortiq bo’lsa, kontrakt pulining qolgan qismini tadqiqotchining o’zi qoplashiga to’g’ri kelishi mumkin).
  2. Universitet yotoqxonasidan turar joy (faqat bir kishi uchun).
  3. Yillik 9 135 funt sterling (taxminan 12 000 AQSh dollari) miqdoridagi kundalik xarajatlar uchun mablag’ (ajratilgan mablag’ tadqiqotchining bank hisob raqamiga oylik stipendiya tarzida o’tkaziladi).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqiga a’zo yoki boshqa 169 davlatdan birining fuqarosi bo’lishi kerak
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Dundee PhD kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun odatda kamida IELTS 6.5, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod magistrlik yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda. Grant nizomi bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitetning PhD kurslariga topshirilgan arizalar Scholarship Panel tekshiruvida o’tkaziladi hamda grant talablariga javob beradigan nomzodlarga stipendiya dasturiga ariza topshirish ko’rsatmalari yuboriladi. Ariza shakli nomzodlarga 2019-yilning 4, 22, 27-mart kunlari jo’natiladi. Dasturda qatnashish istagidagi nomzod bu paytgacha universitetning PhD kurslaridan biriga hujjat topshirib bo’lgan bo’lishi zarur.

PhD kurslariga hujjat topshirish tartibi:

  1. Onlayn ariza. (Universitet kurslariga UCAS orqali ariza topshiriladi).
  2. IELTS (6.5 va undan baland. Har bir bo’limdan kamida 6.0).
  3. Shaxsiy bayonot.
  4. Magistrlik diplomi.
  5. Baholar/diplom ilovasi.
  6. Tavsiyanoma.
  7. Nomzodning moliyaviy ahvoli haqidagi hujjat.
  8. Passport nusxasi.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)1382 383838
https://www.dundee.ac.uk/study/enquiry/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!