×

Shotlandiya: University of Stirlingda magistratura va doktorantura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

03.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1335 marta

Shotlandiyaning Sterling shahrida joylashgan University of Stirling 2019-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan kurslar uchun The BASPCAN Anne Wingate Paterson Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2016-yilda vafot etgan Anne Wingate Paterson xotirasiga tashkil etilgan.

Grant universitetning magistratura va/yoki doktorantura (Postgraduate (taught), Postgraduate (research)) kurslarida tahsil olishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grantga nomzod bolalarga shafqatsizlik va zoʻravonlik qilish muammosi boʻyicha tadqiqot olib borishi kerak. talabaga beriladi. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va/yoki doktorantura (Postgraduate (taught) yoki Postgraduate (research))da oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Stirlingning Postgraduate bosqichi (magistratura va/yoki doktorantura) boʻyicha oʻqish toʻlovi 2019-2020-oʻquv yili uchun 15 950 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontrakt toʻlovini qisman qoplash uchun 5000 funt-sterling pul beriladi. Grant oʻqish muddati tugaguncha ajratiladi.

Grant nomzodning yashash, tibbiy sugʻurta kabi boshqa sarflarini toʻlamaydi. Kontraktning qolgan qismi va boshqa toʻlovlarni talabaning oʻzi qoplaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza berishdan avval University of Stirlingning magistratura va/yoki doktorantura (Postgraduate (taught) yoki Postgraduate (research))  kurslaridan biriga oʻqishga taklifnomani olgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod kunduzgi boʻlimda chet ellik (overseas) talaba statusida boʻlishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5-7,0 boʻlishi kerak.
  7. Grant faqat bolalarga shafqatsizlik va zoʻravonlik qilish muammosi boʻyicha tadqiqot olib boradigan nomzodlarga taalluqli.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning magistratura va/yoki doktorantura (Postgraduate (taught) yoki Postgraduate (research)) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O‘qishga qabul haqida hujjat olinganidan keyin grantga alohida ariza topshirish zarur. Oʻqishga kirishga dedlayn muddati farq qilishi mumkin. muddatni kerakli kurs sahifasidan aniqlang. Grantga hujjatlar 2020-yil 3-iyunga qadar qabul qilinadi.

Oʻqishga hujjat topshirish tartibi: shu yerda berilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun BASPCAN website dagi application formni toʻldiring va soʻralgan hujjatlar bilan birga dedlaynga qadar joʻnating. Grant bolan bogʻliq savollar boʻyicha: duncan.helm@stir.ac.ukga murojaat qiling.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Personal statement.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo‘lishi lozim.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Hujjat topshirish haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlar bolalarga zoʻravonlik bilan munosabatda boʻlish muammosiga oid bilimlari, aʼlo baholari, ish tajribasi, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar. Toʻliq baholash mezonlari bilan: shu yerda tanishing.

Natijalar 1-iyulgacha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

University of Stirling

Stirling

FK9 4LA

Scotland UK

Telefon: +44 (0) 1786 473171

Elektron pochta: duncan.helm@stir.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!