×

14-18-yoshlilar uchun Shukur Xolmirzayev xotirasiga bagʻishlangan insholar tanlovi!


Grant

MUHLAT

16.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3271 marta

Termiz davlat universiteti qoshidagi “Yosh yuristlar” klubi tomonidan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, yoshlarning sevimli adibi Shukur Xolmirzayev xotirasiga bagʻishlangan xalqaro insholar tanlovini oʻtkazilmoqda.

Ushbu tanlovda 14-18 yosh boʻlgan barcha, jumlada, xorijlik fuqarolar ham qatnashishi mumkin.

Insholarni oʻzbek, rus yoki ingliz tilida yozish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barch 14-18 yoshli nozmodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar 2024-yil 1-iyun kuni quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin – diplom va maxsus sovgʻa.
  • 2-oʻrin – diplom, va telefon quvvatlagich.
  • 3-oʻrin – diplom va kitoblar jamlanmasi.
  • Bundan tashqari 5 tagcha ragʻbatlantiruvchi ishtirokchi faxriy yorliq hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari qatnasha oladi.
  • 14-18 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.
  • Har bir ishtirokchi faqat bitta insho topshira oladi.
  • Ishtirokchilar topshiriladigan inshning 1-sahifasida ism-familiyasi, bogʻlanish uchun telefon raqami va taʼlim muassasasini (agar universitet yoki maktab/litsey/kollejda oʻqisa) koʻrsatishi kerak.

Insho formatiga qoʻyilgan talablar:

  • Insho 1500 dan 3500 gacha soʻzdan iborat boʻlishi hamda PDF yoki Word fayl shaklida topshirilishi lozim.
  • Shrifti 12 boʻlishi kerak.
  • Oʻzbek, ingliz, rus tillaridagi insholar qabul qilinadi.
  • Insho yolgʻiz oʻzi tomonidan yozilishi kerak.

Inshoni baholash tartibi

Ishtirokchilar yozgan insho hakamlar hayʼati tomonidan quyidagicha baholanadi:

  • Insho mavzusi doirasida rejalarning toʻgʻri tanlanganligi va imloviy, uslubiy xatolarga yoʻl qoʻyilmaganligi.
  • Inshodagi fikrlar asosan ishtirokchining shaxsiy fikrlari boʻlishi va badiiy jihatdan saviyali tarzda yozilgani.
  • Ishtirokchi Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub kitoblarni oʻqiganligi boʻyicha inshoda batafsil oʻz mulohazalarini ilgari sura olganligi, qahramonlarga toʻgʻri baho berganligi va asar gʻoyasini toʻla anglagan holda tasvirlangani.
  • Insho bexato yozilganligi.
  • Shukur Xolmirzayev siymosi munosib eʼtirof etilgani va kitoblari va maqolalaridan olinishi mumkin boʻlgan xulosalari boʻyicha baholanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil, 15-aprel soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Insholarni saidqulvaogloy@gmail.com elektron pochtasiga yoki telegram orqali ushbu akkauntga yuborishingiz mumkin.

Tanlov yuzasidan savollaringiz boʻlsa, saidqulvaogloy@gmail.com manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!