×

Shvarzmen Grantlar Dasturi orqali Xitoyda magistratura o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

15.09.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1114 marta

Umumiy ma’lumot:

Shvarzmen Grant Dasturi Xitoyning Tsinghua universitetida bir yillik magistratura dasturiga grant imkoniyatlarini e’lon qiladi. O’qish 2017-yilning yozida boshlanadi va har yili 100 talabani qabul qiladi. Dastur butun dunyodan yoshlarni turli yo’nalishda magistraturada o’qitish bilan birga ularda liderlik sifatlarini rivojlantirishga urg’u beradi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori:

  • O’qish xarajatlari;
  • Turar-joy;
  • Talabaning o’z davlatidan Xitoyga kelib ketish xarajatlari;
  • O’qish materiallari, kitoblar;
  • Mamlakat ichkarisiga sayohat va o’qish;
  • Lenovo laptopi va smartfon telefoni;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Oylik stipendiya dastur tomonidan qoplanadi.

Oilali shaxslar ham dasturda ishtirok etishi mumkin. Dastur tomonidan qoplanadigan tekin turar-joy talabalar yotoqxonasi sifatida beriladi va yotoqxonada oilali talabalar yashashiga imkon yo’q. Oilali talabalar universitet hududidan tashqarida yashashlari mumkin, ammo ijara haqini to’lashga talabaning o’zi javobgar bo’ladi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Bakalavr diplomiga ega yoki 2017-yilning iyul oyigacha bakalavr diplomiga ega bo’ladigan talabalar;
  • Bakalavrni qaysi sohada o’qiganligi ahamiyatga ega emas;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalari (TOEFL yoki IELTS);
  • 2016-yilning 30-iyuniga qadar kamida 18 yoshga to’lgan va 28 yoshdan oshmaganlar ariza topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn to’ldiriladi va intervyu ham o’tkazilishi mumkin. Quyidagi hujjatlarni topshirish talab qilinadi:

  • To’ldirilgan onlayn ariza shakli SHU YERDA  – bu o’z ichiga dasturda ishtirok etishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho va ilova qilinishi kerak bo’lgan hujjatlarni ham oladi;
  • Diplomning baholar ilovasidan nusxa –talabalar uchun baholar varaqasining hozirgacha o’tilgan semestrlaridan nusxa;
  • 3 ta elektron shaklda yuborilgan tavsiyanoma;
  • 3 ta yo’nalishda yozilgan insho;
  • Rezyume;
  • Ariza topshirish vaqtida talaba bo’lgan arizachilar universitetlarining baholash shakli.

Ariza to’ldirishning so’nggi muddati 2016-yil 15-sentabr. Tanlov natijalari 2016-yil dekabr oyining o’rtalarida e’lon qilinadi. Dastur 2017-yil yozda boshlanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!