×

Shvetsariya: Google kompaniyasida 1 yilgacha stajirovka dasturi!


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2520 marta

Shveytsariyaning Syurix shahrida joylashgan Google tashkiloti axborot texnologiyalari va kompyuter fanlari sohasi mutaxassislarini Information Technology Intern stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Syurixdagi Google ofisida axborot texnologiyalari boʻyicha texnik hamda dasturiy ta’minot bilan shugʻullanadi. Dastur bir yilgacha davom etadi. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi.

Grant kimlar uchun?

IT va kompyuter fanlari mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadi.

Oylik maosh yoki stipendiya miqdori Google’s EEO Policy va EEO is the Law ning 11246-sonli tahririga koʻra, sir saqlanadi.

Barcha ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod IT sohasi boʻyicha bakalavr/magistr/PhD diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod IT/konpyuter texnologiyalari boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  • Nomzod Mac, Linux, Windowsda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Ayni vaqtda bakalavr/magistr/PhD kursida oʻqiyotgan va oʻqish tugagach 12-18 oydan keyin dasturga qaytib kela oladigan nomzodlarga koʻproq imkon beriladi.
  • Mac, Linux, Windows operatsion tizimlaridagi nosozliklarni tuzatish tajribasiga ega boʻlgan nomzodlarga imtiyoz beriladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 31-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval Gmail saytidan account ochish kerak.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldiring.
  5. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Bakalavr/magistr/PhD diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ish tajribasi.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: https://support.google.com/googlecareers/?hl=en#topic=6095159

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!