×

Shvetsariya: Magistratura kurslari uchun 25 316 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

30.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2895 marta

Shvetsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi magistratura talabalarini Nestlé Scholarship for Women grant dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2020-yil yanvarda boshlanadigan, biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga qabul qilingan/qilinadigan xorijlik (ayol) talabalar uchun mo’ljallangan. Dastuga dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lgan ayollar hujjat topshirishlari mumkin. Ammo, rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabalarga yillik 25 000 CHF (taxminan 25 316 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lgan ayollar hujjat topshirishlari mumkin (rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan nomzodlarga ustunlik beriladi).
  2. Nomzod IMD Business Schoolning Master of Business Administration (MBA) yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi yoki bakalavr kursida o’qishni tamomlayotgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzod egallagan sohasi bo’yicha kamida 3yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.
  6. Dasturda Nestlé kompaniyasi va uning bo’limlarida ishlovchi shaxslar qatnasha olmaydilar.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod avvalo IMD Business School oliygohining MBA kursiga hujjat topshirgan bo’lishi zarur.

Shuningdek, stipendiya dasturi qatnashchilaridan MBA Financial Aid form shaklini ham topshirishlari talab etiladi. Ariza shakliga qo’shimcha qilib nomzod yillik daromadi, soliq to’lovlari hamda bank hisob raqami holati haqidagi ma’lumotlarni ham yuborishi lozim.

Bundan tashqari nomzod «Many have argued that greater diversity in the top management team of an organization is good for profits and customers. What would you recommend as ways to achieve greater diversity?» mavzusida 750 so’zdan iborat inshoni taqdim etishi zarur.

Universitetga hujjatlar har yili bir necha martafevral, may, avgust hamda oktyabr oylarining 1-kunigacha qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati – 2019-yil 1-oktyabr.

Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan 2019-yil 11-oktyabr kuni suhbat o’tkaziladi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS (7,5 ball va undan baland).
  3. GMAT/GRE sertifikati.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Passport nusxasi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Yakuniy natijalar 2019-yil 31-oktyabr kuni e’lon qilinadi.

Murojaat uchun: Tel: +41 (0)21 618 0111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!