×

Shvetsiya: Magistratura kurslarida tahsil olish uchun 85 foizgacha grantlar!


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1717 marta

Shvetsiyada joylashgan Chalmers Texnologiya Universiteti 2020-yilgi magistratura kurslari uchun ajratilgan IPOET grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Chalmers universiteti magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli chet ellik talabalar uchun moʻljallangan. Grantdan maqsad qobiliyatli va umidli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun shu hududda oʻqish Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududidan boʻlmagan talabalarga nisbatan moddiy jihatdan ancha yengillashtirilgan. IPOET kabi grant dasturlari esa dunyoning Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan hududlaridan boʻlgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus ta’sis etilgan. Ushbu grant 50 nafar talabaga berilishi rejalashtirilgan.Universitetdagi magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bilan shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

IPOET grantini yutib olgan talabaga magistratura kursi kontrakt toʻlovining 75% qismi toʻlab beriladi. Agar talaba a’lo baholarga oʻqisa, keyingi yili kontrakt puli uchun chegirma 85%ga chiqariladi. Kurslar 2 yil davom etadi.

Talablar:

Grant universitet magistraturasida oʻqish uchun beriladi. Shu sababli avval magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. Hujjatlar 2020-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Dedlayn muddatlari bilan: shu yerda tanishing.

Kursga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ushbu grant dasturiga ariza topshirish uchun nomzod dastlab Chalmers University of Technologyda mavjud magistrlik dasturlaridan biriga yoki bir nechtasiga universityadmissions.se veb-sayti orqali hujjat topshirishi lozim.
  2. Ushbu veb-sayt orqali magistrlik dasturiga hujjat topshirganda nomzodga 8 ta belgili ariza raqami beriladi
  3. . Nomzod shu ariza raqamini yozib olishi kerak, chunki bu raqam grant dasturi uchun ariza yozishda kerak boʻladi.
  4. Universitetdagi magistrlik dasturlaridan biriga topshirayotganda odatda kerak boʻladigan hujjatlar bilan shu yerda tanishing.
  5. Ba’zi magistrlik dasturlariga hujjat topshirish uchun application fee soʻralishi mumkin. Ushbu toʻlov miqdori 900 SEK (taxminan 98 AQSh dollari) boʻlib, ushbu toʻlovni amalga oshirgandan keyingina hujjat topshirish mumkin.
  6. Ushbu grant dasturiga ariza ham onlayn tarzda taqdim etiladi. Bunda nomzodlar universitetning grant dasturlari uchun yaratilgan maxsus portalga kirib, u yerda oʻz ism-familiyasi va elektron manzili (email) ni qoldirishi kerak.
  7. Soʻng universitet nomzod emailiga grant dasturlaridan biriga ariza topshirish uchun link yuboradi va nomzod shu link orqali kirib, oʻzi tanlagan grant dasturi uchun onlayn tarzda ariza toʻldiradi. Link nomzodga odatda 24 soat ichida yuboriladi.
  8. Muhim: Nomzodlar ushbu grantga hujjat topshirishdan oldin Chalmers University of Technology OTMga va uning grant dasturlariga hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil tanishib chiqishi kerak.

Universitet bilan bogʻlanish uchun kerakli kontaktlar shu yerda berilgan.

Kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi ilovasi bilan.
  2. Ingliz tilini teste sertifikati.
  3. Qabul uchun maxsus talablarga ega kurslarga hujjat topshirgan nomzodlar bakalavr bosqichida oʻtilgan tegishli kurslarning jadvalii ham taqdim etishlari kerak boʻladi.
  4. Ba’zi yoʻnalishlar uchun “Project Portfolio” ham taqdim etish soʻraladi.
  5. Motivatsion xat.
  6. Passport nusxasi.
  7. Nomzodning ish tajribasini koʻrsatuvchi hujjat (ixtiyori).
  8. Tavsiyanomalar.

Bu hujjatlar haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: shu yer yoki shu yerdagi ma’lumotlardan foydalaning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!