×

Shvetsiya: MBA kurslarini o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

26.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

4553 marta

Dagens Industri, utbildning.se va Stokgolm Iqtisodiyot Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan grant dasturi uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Bu grant Stokgolm Iqtisodiyot Universitetining Executive MBA dasturida o’qish uchun ajratilgan bo’lib, undan maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. 2019-yil 28-yanvarda boshlanadigan yarim stavkali Executive MBA kursi jami 18 oy davom etadi va talabaning kasbiy faoliyati bilan birga olib borlishi mumkin bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Executive MBA dasturida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida Executive MBA kursining to’liq kontrakti – SEK 465000+ (taxminan 53000 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ beriladi.

Talablar:

Quyidagi talablarga mos nomzodlar grant uchun ko’rib chiqilishlari mumkin:

  1. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  2. Nomzod 180 kreditga teng o’quv ta’lim bosqichidan o’tgan bo’lishi kerak;
  3. Nomzod kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun saralash jarayoni quyidagicha bo’ladi:

  1. Barcha nomzodlar grant uchun ro’yxatdan o’tib, qisqa ariza topshiradilar. Ilk saralash uchun o’z nomzodingizni tavsiya etish uchun onlayn arizani 2018-yil 26-iyundan kechiktirmay to’ldirib, taqdim eting.
  2. Birinchi saralash bosqichidan o’tgan 7-12 nafar nomzodlar saralab olinib, qabul jamoasiga to’liq ariza taqdim etishlari so’raladi.
  3. Navbatdagi saralashdan 5-7 nafar nomzodlar saralab olinib, final bosqichida ta’sischilar bilan suhbatdan o’tadilar. Hay’at a’zolari Stokgolm Iqtisodiyot Universiteti, Dagens Industri va uddannelse.se vakillaridan tashkil topadi.

Eslatmalar

  • Nomzodlar grant uchun o’zlari yoki boshqa biror odamning nomzodini tavsiya qilishlari mumkin.
  • O’tgan yillar uchun saralashdan o’tolmay, grant taqdim etilmagan nomzodlar grant uchun nomzodlarini qayta tavsiya etishlari mumkin.
  • O’qish boshlangach, Executive MBA dasturi davomida talabalar chet davlatlariga safar qilishlari ham kerak bo’ladi. Bu mashg’ulotlarning xarajatlari ham dasturga kiritilgan.
  • Ma’lumot uchun: +46 (0)8 509 106 60,  info@utbildning.se. undan tashqari, ushbu sahifa orqali savollaringizni to’g’ridan-to’g’ri ta’sischilardan biriga yo’llashingiz mumkin: https://www.utbildning.se/contact.aspx .
  • Stokgolm Iqtisodiyot Universitetida o’qish haqida video orqali qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!