×

Shveysariya: Bakalavr dasturi uchun to`liq grant!


Grant

MUHLAT

16.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

9910 marta

Shveysariyaning Sankt-Gallen shahrida joylashgan University of St.GallenSt.Gallen Davlat universiteti Excellence Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur uch yil muddatga beriladi. Grant bakalavr kurslarida o`qishni istagan nomzodlar uchun mo`ljallangan. Grant 6 nafar a’lochi, intiluvchan 1-kurs talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o`qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat kurslarida o`qish haqi 6 252 CHF (taxminan 6 238 AQSh dollar) ga teng.

Grant yutib olgan nomzodga uch yil davomida bir yilga 6 252 CHF (taxminan 6 238 AQSh dollar) pul beriladi. Bu pul bir yillik kontrakt to`lovini to`liq qoplaydi. Kurs tugaguncha uch yil muddatga ajratiladigan umumiy mablag` 18 756 CHF (taxminan 19 316 AQSh dollar)ni tashkil etadi.

Grant nomzodning turar joy, yashash va tibbiy sug`urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitet bakalavr bosqichining 2020-yil sentabrdan boshlanadigan kurslaridan biriga o`qishga kirgan bo`lishi kerak.
  • Nomzod universitetning ichki kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o`tgan bo`lishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini va/yoki nemis tili yaxshi bilishi hamda a’lochi bo`lishi zarur.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: SHU YERDA.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 16-iyulgacha qabul qilinadi. Grantlar universitet bakalavr bosqichida o`qish uchun berilishini hisobga olib, avval o`qishga kirishga imtihon topshiriladi. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi.

*Eslatma: Shveysariyada o`qimagan barcha chet ellik abiturientlar universitet ichki kirish imtihonini topshirishlari shart. Imtihon topshirish tartibi va shartlari haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

Demak, o`qishga hujjat topshiramiz. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. “Bakalavr” sahifasiga kiring.. Chiqqan sahifadan kerakli kursni toping
  2. Sahifadan “Undergraduate studies brochure” yo`riqnomasini yuklab olung Hujjat topshirishdan oldin uni batafsil o`rganish kerak.
  3. Chap tarafdagi «Admission« linkini bosib, umumiy talablar bilan tanishin Aynan shu sahifa orqali ariza topsirish mumkin.
  4. Arizani to`ldirib, so`raglan hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.

Grantga ariza berish. Grantga ariza berish ichki kirish imtihonini topshirib bo`lgandan keyin amalga oshiriladi. Buning uchun onlayn tarzda ariza to`ldiriladi. Arizaga 600ta so’zgacha hajmda motivatsion xat va mp4 formatdagi ikki daqiqalik videoni qo`shib jo`natish kerak. Motivatsion xat va videoda quyidagi savollarga to`liq javob berish kerak:

  1. HSG da nima maqsadda o`qimoqchisiz?
  2. Kasbiy qarashlar / karyera borasidagi rejalar.
  3. Stipendiya olishga loyiqligingizni isbotlaydigan yutuqlaringiz.
  4. Avvalgi ijtimoiy faollik, xayriya tadbirlari va jamoatchlik ishlaridagi ishtirokingiz.

 Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Motivatsion xat.
  3. CV / rezyume so`ralishi mumkin.
  4. Diplom/attestat va diplom ilovasi.
  5. Ingliz tili va/yoki nemis tili sertifikati. Aniq ma’lumotlar tanlangan kurs sahifasida berilgan. Shuning uchun tilni qay darajada yaxshi bilish kerakligini kurs sahifasidan aniqlaysiz. Odatda IELTS 6,0-6,5 talab qilinadi. Nemis tili sertifikati esa CEFR bo`yicha B2 dan boshlanadi.
  6. Tanlangan kursga qarab GMAT/ACT/SAT kabi qo`shimcha sertifikatlar so`ralishi mumkin.
  7. Qo`shimcha sifatida tavsiyanomalar talab qilinishi mumkin.

Hujjatlar ingliz yoki nemis tilida rasmiylashtirilishi kerak.

Nomzodlar a’lo baholari, erishgan yutuqlari, ijtimoiy faolligi va jamoat tadbirlarida ishtiroki kabilar orqali saralanadilar.

Natijalar saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga 2020-yil avgust oyida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

University of St.Gallen

School of Management, Economics, Law, Social Sciences and International Affairs (HSG)

Dufourstrasse 50
CH-9000 St.Gallen
Telefon: +41 71 224 21 11

Faks: +41 71 224 28 16

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!