×

Shveytsariya: 1 yillik tadqiqot uchun 3 845 AQSh dollari stipendiya, bepul sug’urta va aviachipta!


Grant

MUHLAT

23.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1899 marta

Shveytsariya hukumati tomonidan taqdim etiladigan Swiss Government Excellence Scholarships grantlariga arizalar qabul qilish boshlandi. Ushbu grantlar Shveytsariyada, grant dasturining ro’yxatiga kiritilgan 10 oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot institutlaridan birida 1 yillik tadqiqot olib borish uchun beriladi. Dastur PhD darajasiga ega tadqiqotchilar uchun, postdoktorlik tadqiqotini olib borish uchun ajratiladi. Grantni quyidagi universitetlar doktorantura kurslari va tadqiqot institutlari uchun yutib olish mumkin:

University of Basel / University of Bern / University of Fribourg / University of Geneva / University of Lausanne / University of Lucerne / University of Neuchâtel / University of St. Gallen / University of Zurich / Università della Svizzera italiana / Swiss Federal Institute of Technology Lausanne (EPFL) / Swiss Federal Institute of Technology Zurich (ETHZ) / Research Institutes of the ETH Domain (PSI; WSL; EMPA; EAWAG) / Graduate Institute of International and Development Studies (IHEID).

Grant kimlar uchun?

PhD darajasiga ega tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Shveytsariya hukumati grantini yutib olgan tadqiqotchiga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Tadqiqotchiga oyiga 3 500 CHF (taxminan 3 845 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
  2. Tadqiqotchi uchun majburiy salomatlik sug’urtasi xarajatlari qoplab beriladi.
  3. Tadqiqotchiga dasturning so’nggida vataniga qaytib ketish uchun aviachipta olib beriladi.
  4. Dastur boshida tadqiqotchiga turar joy uchun bir martalik 300 CHF (326 AQSh dollari) mablag’ beriladi.
  5. Tadqiqotchiga 1 yil amal qiluvchi transport kartasi olib beriladi. Ushbu karta transport uchun yo’l haqining yarmini qoplab beradi.
  6. Swiss Government Excellence Scholarship grantini yutib olgan tadqiqotchilar uchun maxsus sayohat, kecha va tadbirlar uyushtiriladi.

Talablar:

  • Ushbu grant dasturi o’z karyerasini yaqinda boshlagan, PhD darajasiga ega tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Shuning uchun nomzod PhD darajasini 2017-yil 31-dekabrdan keyin va 2021-yil 31-iyuldan avval olgan bo’lishi zarur.
  • Shveytsariya fuqarosi bo’lmasa ham, shu davlatda 2021-yil sentyabr hisobida 1 yil yoki undan uzoq muddatdan beri bo’lib kelgan nomzodlarga grant berilmaydi.
  • Nomzod ma’lum muddat uchun mo’ljallangan tadqiqot rejasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod tadqiqot olib borish uchun kerak bo’ladigan tilni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi zarur.
  • Ilgari Swiss Government Excellence Scholarship grantini yutib olgan nomzodlarga grant belgilanmaydi.
  • Grantlar nomzodning tadqiqot uchun layoqati, akademik yutuqlari va ko’rsatkichlari va motivatsiyasiga asosan belgilanadi.
  • Grantni yutib olish uchun nomzod Shveysariya oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib boruvchi ilmiy rahbar bilan hamkorlik masalasida kelishib olishi kerak. Grant belgilanishida ilmiy rahbar/tadqiqot nazoratchisining ta’siri ham bor.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun 2020-yil 23-oktyabrga qadar ariza topshirish kerak. Grant belgilangan taqdirda tadqiqot 2021-yil sentyabrda boshlanadi va bir yil davom etadi. Ariza topshirish uchun:

1-qadam. Shveytsariyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan bog’lanib, ariza shaklini oling:

E-mail: tashkent@eda.admin.ch

Tel: 00998 71 120 67 38/39

Veb: https://www.eda.admin.ch/tashkent

2-qadam. Ariza shaklini to’ldirib, bu yerda ko’rsatilgan hujjatlar bilan birga elchixonaga yuboring. Grant nizomi joylangan zip papkasini yuklab olgach, nomida “postdoctor” deb yozilgan fayldan kerakli ma’lumotlar va hujjat ro’yxatini olishingiz mumkin.

Murojaat uchun mailto:tashkent@eda.admin.ch elektron manziliga xabar yo’llang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!