×

Shveytsariya: Barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab


Grant

MUHLAT

16.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

4104 marta

2018-yilning 2-iyulidan 6-iyuliga qadar Jeneva shahridagi Global Studies Institute of Geneva‘da bo’lib o’tadigan yozgi maktabga arizalar qabul qilinmoqda.

GEM-TONES (Globalisation, Europe & Multilateralism – Sophistication of the Transnational Order, Networks, and European Strategies) doktorantura kursining 2-yozgi maktabining maqsadi turli xalqaro va nodavlat tashkilotlar va ularning o’zaro munosabatlarini o’rganish. Yozgi maktab davomida qatnashchilar transmilliy tartibni rivojlantirish va Yevropa Ittifoqining bu jarayondagi o’rnini o’rganadilar. Doktorantlar uchun mo’ljallangan bu dastur ma’ruzalar, seminarlar va boshqa mashg’ulotlardan tashkil topadi.

Ajratilgan o’rinlar soni: 5ta.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabga qabul qilingan ishtirokchilarning quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  1. Turar-joy xarajatlari.
  2. Jenevaga borish va kelish xarajatlari.
  3. Oziq-ovqat va transport xarajatlari.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Doktorantura talabasi bo’lishi lozim.
  2. Ingliz tilida erkin so’zlasha olishi kerak.
  3. Quyidagi sohalarda o’qiyotgan talabalar saralash jarayonida ustunlikka ega bo’ladilar: Evropa Ittifoqi tadqiqotlari va boshqa mintaqaviy tadqiqotlar; Siyosiy fanlar; Xalqaro aloqalar; Iqtisodiyot; Xalqaro siyosiy iqtisodiyot; Huquq; Sotsiologiya hamda Rivojlanish; Global va Aloqa bo’yicha yo’nalishlar.
  4. Nomzodlarni saralashda asosiy e’tibor taklif qilingan tatqiqot mavzusining yozgi maktab mavzusiga mosligiga ham qaratiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Akademik tarjimai hol (Academik CV),
  2. Hozirda tayyorlanayotgan tezis loyihasi (ilmiy rahbarlarning imzolari bilan),
  3. Nomzod taklif qilayotgan tatqiqot taklifining qisqacha mazmuni (1 varaq).

Hujjat topshirish jarayoni: To’plangan hujjatlar 2018-yil 16-maydan kechiktirilmay  pmo@gem-stones.eu manziliga jo’natilishi kerak.

Eslatmalar

  • Barcha qatnashchilar yozgi maktab davomida barcha mashg’ulotlarga to’liq qatnashishlari kerak (ixtiyoriy ekskursiya bundan mustasno).
  • Yozgi maktab ingliz tilida olib boriladi.
  • Qatnashcilar ozgi maktabning mavzusiga kiruvchi istalgan taqdimot mavzularini taklif qilishlari mumkin.
  • Natijalar 25-may kuni e’lon qilinadi.
  • Ma’lumot uchun: pmo@gem-stones.eu , : +32 (0)2 650.49.17
  • To’liq ma’lumot SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!