×

Shveytsariya: MBA kurslari uchun 30 336 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1336 marta

Shvetsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi magistratura talabalarini IMD Diversity Scholarships grant dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Dasturda Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi, Sharqiy Yevropa, Shimoliy Amerika hamda Okeaniya mintaqalaridan bo’lgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Ushbu grant dasturi oliygohning 2021-yil yanvarda boshlanadigan, biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga qabul qilingan/qilinadigan yuqori potensialli va favqulotda iqtidorli, ammo moliyaviy imkoniyatlari cheklangan talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabalarga MBA kursi (1 yillik) uchun 30 000 Shvetsariya franki (taxminan 20 224 – 30 336 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Oliygohda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Dasturga Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi, Sharqiy Yevropa, Shimoliy Amerika hamda Okeaniya mintaqalaridan bo’lgan nomzodlar ariza berishlari mumkin.
  2. Nomzod IMD Business School’ning Master of Business Administration (MBA) yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Grantlar moddiy imkoniyatlari cheklangan nomzodlarga ajratiladi.
  4. Nomzod GMAT testidan yuqori ballga, ijobiy tavsiyanomaga, tanlangan soha bo’yicha mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.
  5. Nomzod grant hay’atiga o’zidagi yuqori potensial va kuchli iqtidorni namoyish etishi zarur.
  6. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  8. Nomzod tanlagan sohasi bo’yicha kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Universitetga hujjatlar har yili bir necha martafevral, may, avgust hamda oktyabr oylarining 1-kunigacha qabul qilinadi. Ammo dasturda ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlar hujjatlarini 2020-yil 1-maydan kechiktirmasdan topshirishlari zarur.
  • Saralash bosqichi natijalari 2020-yil 15-may kuni ma’lum qilinadi.
  • Oliygohga qabul natijalari 2020-yil 26-iyunda e’lon qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni:

  • Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod avvalo IMD Business School oliygohining MBA kursiga hujjat topshirgan bo’lishi hamda suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan bo’lishi zarur.
  • Shuningdek, stipendiya dasturi qatnashchilaridan MBA Financial Aid formshaklini ham topshirishlari talab etiladi. Ariza shakliga qo’shimcha qilib nomzod yillik daromadi, soliq to’lovlari hamda bank hisob raqami holati haqidagi ma’lumotlarni ham yuborishi lozim.
  • Nomzodlar «The role diversity and globalisation will play in my future career» mavzusida 500 so’zda iborat insho yozishlari zarur.
  • Grant natijalari oliygohga qabul qilinganlik haqidagi e’lon bilan birga ma’lum qilinadi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS (7.5 ball va undan baland).
  3. GMAT/GRE sertifikati.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Passport nusxasi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +41 (0)21 618 0111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!