×

Shveytsariya: Biznesni boshqarish kurslari uchun 50 565 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1546 marta

Shvetsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi o’zining rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan talabalarini Lausanne Alumni Club Merit Scholarship grant dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2021-yil yanvarda boshlanadigan, biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga qabul qilingan/qilinadigan iqtidorli, yuqori potensialli va yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga MBA kursi (1 yillik) uchun 50 000 Shvetsariya franki (taxminan 50 565 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Oliygohda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Dasturga istalgan davlat fuqarolari hujjat topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod IMD Business School’ning Master of Business Administration (MBA) yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod grant hay’atiga o’zidagi kuchli iqtidor va yetakchilik qobiliyatini namoyish etishi zarur.
  4. Grant kelgusi yilda boshlanadigan MBA kursi uchun 2020-yil 1-fevralgacha ariza topshirgan eng iqtidorli talabaga ajratiladi.
  5. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Nomzod tanlangan soha bo’yicha kamida 3 yillik (to’liq stavkali) mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod avvalo IMD Business School oliygohining MBA kursiga hujjat topshirgan bo’lishi zarur.
  • Shuningdek, stipendiya dasturi qatnashchilaridan MBA Financial Aid form shaklini ham topshirishlari talab etiladi. Ariza shakliga qo’shimcha qilib nomzod yillik daromadi, soliq to’lovlari hamda bank hisob raqami holati haqidagi ma’lumotlarni ham yuborishi lozim.
  • Grant natijalari oliygohga qabul qilinganlik haqidagi e’lon bilan birga ma’lum qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni (oliygohga)

  • Universitetga hujjatlar har yili 4 martafevral, may, avgust hamda oktyabr oylarining 1-kunigacha qabul qilinadi. Ammo grant dasturida ishtirok etish istagidagi nomzodlar hujjatlarini 2020-yil 1-fevraldan kechikmasdan topshirishlari zarur.
  • Saralashdan o’tgan nomzodlar bilan suhbat 2020-yil 15-fevralda o’tkaziladi.
  • Yakuniy natijalar 2020-yil 29-martda e’lon qilinadi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS (7,5 ball va undan baland).
  3. GMAT/GRE sertifikati.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Passport nusxasi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +41 (0)21 618 0111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!