×

Shveytsariya: Magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan tadqiqotchilar uchun tanlov; mukofot jamg`armasi – 23 560 yevro!


Grant

MUHLAT

23.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1455 marta

Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan The Graduate Institute magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olayotgan iqtidorli va salohiyatli tadqiqotchilar uchun 2020: The Challenges of Social Inclusion tanlovini eʼlon qildi.

Institut barcha sohalar boʻyicha tahsil oluvchi magistrant va doktorantlar jamoalarini tanlovda ishtirok etishga taklif etadi. Tanlovning maqsadi global doirada ijtimoiy inklyuzivlik muammolarini hal etish uchun innovatsion va samarali yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Tanlov 2014-yilda tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bellashuv dunyoning istalgan nuqtasidan ishtirok etayotgan 3-5 nafar talabaning fanlararo hamkorligi natijasida xalqaro ijtimoy inklyuzivlashtirish, jamiyatni inklyuzivklashtirish muammolari boʻyicha innovatsion va manfaatli yechimlarning nazariy asoslari hamda amaliy tavsiyalari yuzasidan gʻoyalar yigʻish uchun oʻtkaziladi.

Beshta mukofot quyida koʻrsatilgan universitetlarga ajratiladi (BMT statistika roʻyxatiga koʻra):

  • Afrika
  • Osiyo
  • Yevropa
  • Shimoliy Amerika va Okeaniya
  • Janubiy Amerika.

Tanlov uchun ajratilgan mukofot jamgʻarmasi 25 000 CHF (taxminan 23 526 yevro). Shundan:

1-oʻrin – 10 000 CHF (taxminan 9 410 yevro) (1 ta jamoa);

2-oʻrin –5 000 CHFdan (taxminan 4 700 yevrodan) (2 ta jamoa);

3-oʻrin – 2 500 CHFdan (taxminan 2 350 yevrodan) (2 ta jamoa)ga beriladi.

Gʻoliblikka daʼvogar 5 jamoa Jenevaga suhbat va savol-javob uchun chaqiriladi. Bunda barcha yoʻl, yashash va boshqa xarajatlar toʻliq qoplab beriladi.

Grant haqida batafsil: shu yerda va shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Yevropa universitetlarida oʻqiyotgan barcha magistratura va doktorantura talabalari hujjat topshira oladi.
  2. Nomzodlar hududlar boʻyicha jamoalarga birlashgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzodlar berilgan muammoga oid yechim boʻyicha gʻoya yoki loyiha topshirishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish muddati 2020-yil 23-martga qadar.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerda tanlov shartlari haqida oʻqib chiqing.
  2. Shu yerda qatnashish shartlari va tanlov mavzulari haqida tanishing.
  3. Shu yerda ariza shaklini toʻldiring.
  4. Soʻraglan hujjatlarning hammasini tizimga yuklang.
  5. Agar ariza toʻldirayotganingizda magistraturada oʻqiyotganingiz yoki tamomlaganingiz haqida hujjatni taqdim etolmasangiz, uni 23-martgacha challenge@graduateinstitute.ch manziliga joʻnating.

Ishtirokchilarni saralash Academic Steering Committee tomonidan muammo yechimiga oid gʻoya/loyihaning samaradorligi, nazariy va amaliy tavsiyalarning puxta ishlanganligi, loyiha taqdimoti kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Murojaat uchun: geneva.challenge@graduateinstitute.ch manziliga bogʻlaning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!