×

Shveytsariya: Magistraturada tahsil olish uchun 13 624 yevrogacha grant!


Grant

MUHLAT

15.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2804 marta

Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Jeneva universiteti University of Geneva The Faculty of Science 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi Excellence Master Fellowships dasturlariga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi bir-ikki yilgacha berilishi moʻljallangan boʻlib, astronomiya, biologiya, kimyo va bioximiya, informatika, matematika, fizika, farmatsevtika fanlari, tabiiy va atrof-muhit fanlari boʻyicha magistraturada oʻqish istagida boʻlgan talabgorlarga moliyaviy yordam koʻrsatishni koʻzda tutadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet magistraturasida oʻqish haqi bir yilga taxminan 1 100 CHF (908 yevro).

Grant yutib olgan nomzodlarga ikki yilgacha (stipendiyani oʻquv yili tugagandan soʻng yana bir yilga uzaytirish mumkin) yiliga 10 000 – 15 000 CHF (9 081 – 13 624 yevro) miqdordagi stipendiya beriladi.

Grant muddatini ikkinchi yilga uzaytirish uchun yuqori akademik koʻrsatkich talab qilinadi. Batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga.
  2. Nomzod tabiiy fanlar yoʻnalishlaridan biriga oʻqishga qabul qilinggan boʻlishi shart.
  3. Bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Ingliz va/yoki fransuz tilini yaxshi bilishi lozim. Odatda ingliz tili uchun IELTS 6,5-7,0 fransuz tili B2, C1.
  5. Nomzod 65 CHF (taxminan 59 yevro) roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlashi kerak.
  6. Talabgor a’lochi boʻlishi talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 15-martga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi (boʻlajak talabalar uchun. Ayni vaqtda tahsil olayotgan talabalar jarayonni ikkinchi bosqichdan boshlaydilar).

Birinchi bosqich. Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish. Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi. Onlayn ariza toʻldirish jarayonida quyidagi amallar bajarilishi kerak:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Onlayn roʻyxatdan oʻti
  3. Onlayn tarzda ariza toʻldiri
  4. 65 CHF (taxminan 59 yevro) badal toʻlang.
  5. Hujjatlarning qogʻoz shaklini quyidagi pochta manziliga yuboring: Service des admissions, Uni Dufour, rue du Général-Dufour 24, CH – 1211 Genève.
  6. Registratsiyani tasdiqlash.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  2. Ingliz/fransuz tili sertifikati.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Resume.
  5. Motivatsion xat (agar zarur boʻlsa).
  6. Akademik yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (sertifikat, diplom va boshqalar).

Ikkinchi bosqich. Grantga ariza berish. Ariza koʻrib chiqishga qabul qilinishi uchun: shu yerda koʻrsatilgan talablarni bajarish lozim. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar quyidagilar:

  1. Pasport nusxasi.
  2. Oʻqishga qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma.
  3. Biografik maʼlumotlar.
  4. Bakalavr diplomi va ilovasi.
  5. Motivatsion xat.
  6. 2 ta tavsiyanoma (imkon boʻlsa, tavsiyanoma bergan shaxslar tomonidan Excellence-Master-Sciences@unige.ch manziliga yuborish lozim).
  7. GRE, IELTS, CEFR, TOEFL kabi sertifikatlar nusxalari.

Barcha hujjatlar bitta PDF faylga joylashtirilishi va onlayn-ilovaga yuklash kerak. Ingliz yoki fransuz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu ikki tildan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash zarur.

Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.

Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik koʻnikmalari kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Oʻqish boshlanguncha javoblar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: Excellence-Master-Sciences@unige.ch.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!