×

Shveytsariya: Postdoktorlar uchun 2 yillik tadqiqot dasturi; joy – 28 tagacha!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2842 marta

Shveysariyaning Syurix shahrida joylashgan Eidgenössische Technische Hochschule Zürich (ETH Zürich) Oliy texnika maktabi ETH Zurich Postdoctoral Fellows dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur ikki yil muddatga beriladi. Grant PhD darajasini olganiga 6 oydan oshmagan yoki 6 oy ichida dissertatsiyasini himoya qiladigan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant 28 nafargacha yosh olimlarga beriladi. Ishtirokchilarga oylik maosh toʻlanadi. Grant yutib olgan nomzodlar guruh bo`lib tadqiqotlar olib borishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Grant ikki yil muddatga beriladi. Muddat uzaytirilmaydi. Grant muddati tugaguncha nomzodlarga ETH Zürich tarif rejasiga ko’ra 100% maosh Ya’ni: 1-yil uchun 88 600 CHF (taxminan 84 136 yevro), 2-yil uchun 93 050 (taxminan 88 362 yevro). Maosh haqida batafsil: SHU YERDA tanishish mumkin.
  2. Nomzodga konferensiyalarda ishtirok etish va tadqiqot olib borish uchun safar xarajatlarini qoplashga 12 000 CHF (taxminan 11 395 yevro)gacha mablag` ajratiladi.

Grant shartlari batafsil: SHU YERDA koʻrsatilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod ETH Zürichda PhD bosqichini o’qimagan va ilmiy ishini himoya qilmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod grantga ariza berishdan kamida 6 oygacha ETH Zürichda ishlamagan boʻlishi lozim.
  • Nomzod impakt-faktori yuqori jurnalda kamida bitta maqola chop ettirgan yoki doktorlik ishi uchun mukofot bilan taqdirlangan bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini va/yoki nemis tili yaxshi bilishi hamda a’lochi bo`lishi zarur.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: SHU YERDA.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 1-martgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda tizimda roʻxatdan oʻtish orqali topshiriladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. ETH Fellowship Applications Help sahifasiga kiring. Detailed instructions bilan tanishing.
  2. Shu yerdan kerakli barcha hujjarlarni yuklab olib, to’ldiring. Hujjatlar to’ldirilgandan keyin PDF formatiga o’girilishi shart.
  3. web-based online submission system sahifasi orqali ro’yxatdan o’taing. Login va parol tanlang.
  4. Chap tarafdagi «new proposal» linkini bosib, ETH Fellowship application shakliga asosiy ma’lumotlarni kiriting.
  5. Shaklni «Save» tugmasi orqali saqlang. Keyin «My proposals» holati tayyorlash jarayonida ekanligi haqida yozuv paydo bo’ladi. Agar biror ma’lumotni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, buni amalga oshirish zarur. Har bir o’zgartirishdan so’ng hujjatni qayta saqlash kerak.
  6. «References & Reviewer Suggestions» tugmasini bosib, ikki nafar tavsiyanoma yozib beradigan odamlarni tanlang. Tavsiyanomalarni arizaga ilova tarzda belgilanadi va dedlayn muddatiga 10 kun qolganda PDF formatida ethfellows@sl.ethz.ch manziliga jo’natiladi. Yana 4 ta tashqi taqrizchilarni ham ko’rsatish lozim.
  7. «Create Cover Sheet» yozuvini bosib titul varag’ini yarating. Titulni chop etib, imzo qo’yib, ko’rsatilgan manzilga jo’nating. Qog’oz variantdagi hujjatni dedlayn muddatidan keyin bir haftadan kechikmay yuborish kerak.
  8. «Attachment» ni bosib barcha so’ralgan hujjatlarni ilova qiling.
  9. «Save & Submit» ni bosib jo’nating.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  1. A02_Project_Description. 5 betgacha hajmda loyiha mavzusi, dolzarbligi, ETH Zurich tadqiqotlariga mosligi va h.k.lar haqida yoziladi.
  2. CV va list of publications.
  3. Nomzodning kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot.
  4. Oliy maktabdagi professordan invitation letter.
  5. Z01_Ethical Issues.doc shakli to’ldirilib jo’natiladi.
  6. 2 ta tashqi tavsiyanoma. ethfellows@sl.ethz.ch manziliga yuborladi.

Barcha hujjatlar haqida batafsil: SHU YERDA tanishing va: SHU YERDAN yuklab oling.

Nomzodlar exspert baholash va suhbat orqali saralanadilar. 2021-yil 25-mayda suhbat bo’lib oʻtadi.

Natijalar saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dedlayndan 6-7 hafta o’tib e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

ETH Zurich 
Office of Research
Administration
Rämistrasse 101
HG E 34.1
8092 Zürich
Schweiz

Telefon: +41 44 632 20 83

Elektron pochta: ethfellows@sl.ethz.ch

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!