×

Shveytsariya: San’at va ijodkorlik boʻyicha magistratura, PhD talabalari va postdoktorlar uchun grant


Grant

MUHLAT

10.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1268 marta

Shveytsariyaning State Secretariat for Education, Research and Innovation SERI 2020-yilgi Swiss Government Excellence Scholarships for Foreign Scholars and Artists for the 2020-2021 Academic Year dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur san’at, rassomchilik sohasida ilmiy izlanishlar olib borishni istagan postdoktor, doktorantlar yoki magistratura bosqichini oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura, PhD talabalari va postdoktorlar uchun grant

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlara turli hajmdai pul mablagʻlari beriladi. Mukofot hajmi SERI stipendiya hay’atining qaroriga koʻra belgilanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturda barcha davlatlar fuqarolari qatnashishlari mumkin. Oʻbekistonliklar uchun toʻliq ma’lumot: shu yerda.
  2. Nomzod tanlagan bosqichga qarab bakalavr/magistr/PhD darajasiga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod 35 yoshgacha, ya’ni 31-dekabr 1984-yildan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ijodkor profiliga koʻra baholanadi.
  5. Nomzod ingliz tilida qiynalmasdan muloqot qila olishi kerak.
  6. Nomzod grantga hujjat topshirayotgan vaqtida Oʻzbekistonda doimiy istiqomat qilishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Dedlayn – 2019-yil 25-oktabr, 10-dekabrgacha. Ariza topshirish muddati va hujjatlar tarkibi tanlangan universitet talablariga koʻra farq qiladi.

Umumiy jarayon quyidagicha:

  1. Avgust – shu yerda berilgan davlatlar roʻyxatidan Ozbekiston tanlanadi.
  2. Sentabr – Shveytsariya vakolatxonasiga hujjatlar tayyorlanadi.
  3. 2019-yil sentabrdan dekabrgacha Oʻzbekistondagi Shveytsariya elchixona/vakolatxonasiga hujjat topshiriladi.
  4. 2020-yil may oyida saralash boʻlib oʻtadi.
  5. 2020-yil may oyi oxirida natijalar e’lon qilinadi.

Hujjat topshirish haqida barcha ma’lumot: shu yerda va shu yerda berilgan.

Ma’lumot uchun: Irina Shkarina tashkent@eda.admin.ch.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!