×

Shveytsariya: San’at va rassomchilik boʻyicha magistratura va doktorantura talabalalari uchun grant


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1633 marta

Shveytsariyaning State Secretariat for Education, Research and Innovation SERI 2020-yilgi Swiss Government Excellence Scholarships for Foreign Scholars and Artists dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur san’at, rassomchilik sohasida ilmiy izlanishlar olib borishni istagan doktorantlar yoki magistratura bosqichini oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

San’at va rassomchilik boʻyicha magistratura va doktoranturada oʻqishni istagan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlara turli hajmdai pul mablagʻlari beriladi. Mukofor hajmi SERI stipendiya hay’atining qaroriga koʻra belgilanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturda barcha davlatlar fuqarolari qatnashishlari mumkin. Oʻzbekistonliklar uchun toʻliq ma’lumot: shu yerda.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ijodkor profiliga koʻra baholanadi.
  4. Nomzod ingliz tilida qiynalmasdan muloqot qila olishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ariza topshirish muddati va hujjatlar tarkibidtanlangan universitet talablariga koʻra farq qiladi, ammo umumiy jarayon quyidagicha:

  1. Avgust – shu yerda berilgan davlatlar roʻyxatidan kerakli davlat tanlanadi.
  2. Sentabr – Shveytsariya vakolatxonasiga hujjatlar tayyorlanadi.
  3. Sentabrdan dekabrgacha Oʻzbekistondagi Shveytsariya elchixona/vakolatxonasida tasdiqlatiladi.
  4. May oyida saralash boʻlib oʻtadi.
  5. May oyi oxirida natijalar e’lon qilinadi.

Hujjat topshirish haqida barcha ma’lumot: shu yerda va shu yerda berilgan.

Ma’lumot uchun: tashkent@eda.admin.ch.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!