×

Shveytsariya: Swiss Government Excellence Scholarships – san’at va rassomchilik boʻyicha magistratura va doktorantura talabalalari uchun grant


Grant

MUHLAT

23.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1199 marta

Shveytsariyaning State Secretariat for Education, Research and Innovation SERI 2021-22-yilgi Swiss Government Excellence Scholarships for Foreign Scholars and Artists dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur san’at, rassomchilik sohasida ilmiy izlanishlar olib borishni istagan doktorantlar yoki magistratura bosqichini oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant doirasida ikkita stipendiya taklif etilmoqda:

  • The research scholarship.
  • Art scholarships.

Grant kimlar uchun?

San’at va rassomchilik boʻyicha magistratura va doktoranturada oʻqishni istagan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlarga turli hajmdagi pul mablagʻlari beriladi. Mukofot hajmi SERI stipendiya hay’atining qaroriga koʻra belgilanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturda barcha davlatlar fuqarolari qatnashishlari mumkin. Oʻbekistonliklar uchun toʻliq ma’lumot: shu yerda.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ijodkor profiliga koʻra baholanadi.
  4. Nomzod ingliz tilida qiynalmasdan muloqot qila olishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ariza topshirish muddati va hujjatlar tarkibi tanlangan universitet talablariga koʻra farq qiladi, ammo umumiy jarayon quyidagicha:

  1. Avgust – shu yerda berilgan davlatlar roʻyxatidan kerakli davlat tanlanadi.
  2. Sentabr – Shveytsariya vakolatxonasiga hujjatlar tayyorlanadi.
  3. Sentabrdan dekabrgacha Oʻzbekistondagi Shveytsariya elchixona/vakolatxonasida tasdiqlatiladi. Bu yilgi muhlat 23-oktabrgacha.
  4. May oyida saralash boʻlib oʻtadi.
  5. May oyi oxirida natijalar e’lon qilinadi.

Hujjat topshirish haqida barcha ma’lumot: shu yerda va shu yerda berilgan.

Ma’lumot uchun: tashkent@eda.admin.ch.

Manzil:

Embassy of Switzerland
Shota Rustaveli, Impass1, House 4
100070 Tashkent
Uzbekistan

Telefon:

Embassy +998 78 120 67 38
Embassy +998 78 120 67 39

Faks
Embassy +998 78 120 62 59

Asosiy email:tashkent@eda.admin.ch

Websayt 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!