×

Shveytsariya: Tarjimon va yozuvchilar uchun olti oygacha rezidensiya dasturi; oylik 1 235 AQsh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

5013 marta

Shveytsariyaning Fondation Jan Michalski tashkiloti ijodkorlardan Residences for writers rezidensiya dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur tarjimonlar, yozuvchilar va asosi yozuvchilikni tashkil qiladigan boshqa soha egalari uchun rezidensiyalar tashkil etilgan. Shvetsariyaning goʻzal tabiati qoʻynida joylashgan bu rezidensiyalar “Daraxt-uylar” (Treehouses) deb nomlanadi, chunki ular yerga tegmaydigan qilib qurilgan. Bu uylarda ijodkorlar ikki hafta, bir oy, ikki oy, uch yoki olti oy yashab, bu vaqt ichida ijod qilishlari mumkin. 2021-yilgi dastur uchun 7 ta rezidensiya mavjud. Bu dasturni tashkillashtirib kelayotgan Jan Michalski fondining oʻzi ham Yura togʻlari etaklarida joylashgan. Rezidensiyalar nihoyatda chiroyli va qulay qilib tashkillashtirilgan va u yerda dastur qatnashchilari birga ovqat pishirishlari, aylanishlari va ijod qilishlari mumkin. Dasturning yaxshi taraflaridan biri unda xavaskorlar ham qatnashishlari mumkin.

Nomzodlardan oʻzlarining tarjima qilishni yoki yozishni rejalashtirayotgan loyihasi haqida qisqa izoh topshirish talab etiladi. Loyihalarni yakka holda ham, ikki kishi boʻlib ham topshrirish mumkin.

Daraxt-uylarni ushbu 3D videoda koʻrishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tarjimon va yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Dastur qatnashchisining uyidan rezidensiyaga borish va uyga yana qaytish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi.
  2. Imkoniyati cheklangan nomszodlar uchun ham bitta moslashtirilgan daraxt-uy bor. Bu uyga joylashishni istagan nomzod ariza berayotganda imkoniyati cheklanganligi haqida ma’lumot taqdim etishi lozim.
  3. Qatnashchilarga 1200 CHF (taxminan 1236 AQSh dollari) miqdorida oylik stipendiya beriladi.
  4. Qatnashchilarga nonushta va tushlik tashkil qilib beriladi, rezidensiyalar joylashgan Montricher shahrida esa kichik bozorcha bor.
  5. Qatnashchilar foydalanishlari uchun elektrik velosipedlar ham mavjud.
  6. Agar ikki kishilik loyihalar yutib chiqsa, har bir qatnashchi alohida uyga joylashtiriladi.
  7. Undan tashqari, qatnashchilar Fond tomonidan tashkillashtiriladigan madaniy tadbirlarda tekinga qatnashishlari va kutubxonadan bepul foydalanishlari mumkin boʻladi. Zarur boʻlsa, rezidensiyalardan ikki kilometr uzoqlikda poyezd stansiyasi mavjud.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlaridan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzodning kasbi tarjimonlik, yozuvchilik yoki shunga yaqin boʻlishi kerak.
  3. Nomzodlarning millati va yoshi ahamiyatga ega emas.
  4. Dastur barcha uchun ochiq.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 15-sentabgacha qabul qilinadi. Dasturga hujjat topshirish onlayn ariza berish orqali amalga oshiriladi. Arizani ingliz yoki fransuz tilida toʻldirish mumkin. Ariza toʻldirish jarayonida nomzod quyidagilarni topshiradi:

  1. CV, loyihasi haqida ma’lumot.
  2. Nashrlari roʻyxati (agar bor boʻlsa).
  3. Oldingi ishlaridan parcha (yoki motivatsion xat) ham taqdim etishi kerak.
  4. 7 ta daraxt-uydan bittasi jismoniy imkoniyatlari chegaralangan qatnashchilarga moʻljallangan. Agar shunday uy zarur boʻlsa, arizada buni ham bildirish kerak.

Dastur uchun topshirilgan arizalar uch mezonga koʻra saralanadi:

  1. Nomzod taklif qilayotgan loyihaning sifati.
  2. Nomzodning kasbiy tarixi va yutuqlari.
  3. Nomzod rezidensiyada yashamoqchi boʻlgan muddat bilan loyihani tamomlashga ketadigan muddatlarning bir-biriga mosligi.

Hali ish tajribasiga ega boʻlmagan ijodkorlarning arizalari loyihaning sifati va motivatsion xatlarga qarab saralanadi. Saralashdan muvaffaqqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan Fond aloqaga chiqadi. Saralashdan oʻtmagan nomzodlarga xabar berilmaydi.

Natijalar 2020-yil noyabrda e’lon qilinadi va dastur 2021-yil fevraldan boshlanadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!