×

Shveytsariyada doktoranturada o’qish uchun grant: 2 087 AQSh dollari oylik stipendiya, bepul tibbiy sug’urta va aviachipta!


Grant

MUHLAT

23.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1280 marta

Shveytsariya hukumati tomonidan taqdim etiladigan Swiss Government Excellence Scholarships grantlariga arizalar qabul qilish boshlandi. Ushbu grantlar Shveytsariyada, grant dasturining ro’yxatiga kiritilgan 10 oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot institutlaridan birida doktorantura o’qish uchun beriladi. Grantni quyidagi universitetlar doktorantura kurslari va tadqiqot institutlari uchun yutib olish mumkin:

University of Basel / University of Bern / University of Fribourg / University of Geneva / University of Lausanne / University of Lucerne / University of Neuchâtel / University of St. Gallen / University of Zurich / Università della Svizzera italiana / Swiss Federal Institute of Technology Lausanne (EPFL) / Swiss Federal Institute of Technology Zurich (ETHZ) / Research Institutes of the ETH Domain (PSI; WSL; EMPA; EAWAG) / Graduate Institute of International and Development Studies (IHEID)

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Shveytsariya hukumati grantini yutib olgan tadqiqotchiga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Tadqiqotchiga oyiga 1 920 CHF (taxminan 2 087 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
  2. Tadqiqotchi uchun majburiy salomatlik sug’urtasi xarajatlari qoplab beriladi.
  3. Tadqiqotchiga dasturning so’nggida vataniga qaytib ketish uchun aviachipta olib beriladi.
  4. Dastur boshida tadqiqotchiga turar joy uchun bir martalik 300 CHF (326 AQSh dollari) mablag’ beriladi.
  5. Tadqiqotchiga 1 yil amal qiluvchi transport kartasi olib beriladi. Ushbu karta transport uchun yo’l haqining yarmini qoplab beradi.
  6. Swiss Government Excellence Scholarship grantini yutib olgan tadqiqotchilar uchun maxsus sayohat, kecha va tadbirlar uyushtiriladi.

Talablar:

  • Nomzod ko’rsatilgan universitet yoki tadqiqot institutining to’liq shakldagi (full-time) doktorantura kursiga hujjat topshirishi kerak. Boshqa shakllardagi yoki aralash shakldagi kurslar uchun grant ajratilmaydi.
  • Grantlarni istalgan soha uchun yutib olish mumkin.
  • Grant 2021-yil sentyabr oyidan boshlab dastlab 12 oyga beriladi. Agar tadqiqotchining baholari va boshqa ko’rsatkichlari yaxshi bo’lsa, yana 36 oyga cho’zib berilishi mumkin.
  • Nomzod magistratura diplomiga 2021-yil 31-iyuldan avval ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod 1985-yil 31-dekabr yoki undan keyin tug’ilgan bo’lishi shart.
  • Nomzod hujjat topshirgan PhD kursi qayti tilda o’qitilsa, shu tilni yaxshi bilishi kerak.
  • PhD kursiga o’qishga qabul qilinish uchun shu kursga qabul talablariga to’liq javob berish kerak. Qabul talablari va PhD kurslariga hujjat topshirish jarayoni bilan tanishish uchun ko’rsatilgan universitetlarning veb saytlaridagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam. PhD kursiga o’qishga kiring. Buning uchun ko’rsatilgan universitet va tadqiqot markazlari doktorantura kurslaridan biriga hujjat topshirish zarur. O’qishga hujjat topshirgach, natijalar ma’lum qilinguniga qadar vaqt ketishini hisobga olib, ertaroq hujjat topshirish va ilmiy rahbaringiz kim bo’lishi ertaroq aniqlash juda muhim. PhD kurslariga arizalar turli sanalargacha qabul qilinishi mumkin, ammo natijalar 23-oktyabrdan avval ma’lum bo’lishi uchun ertaroq hujjat topshirish kerak.

2-qadam. Grantga ariza bering. Grantga arizalar 2020-yil 23-oktyabrgacha qabul qilinadi. Grantga hujjat topshirishda ilmiy rahbaringiz tomonidan yozilgan tasdiqlov xati, uning CV’si va siz o’qishga qabul qilingan universitet yoki tadqiqot markazidan ma’lumotnoma talab etiladi.

Grantga ariza berishda kerakli hujjatlar va hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin. Arizalar Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasiga topshiriladi. Ariza shaklini olish va boshqa murojaatlar bilan elxhixona bilan bog’laning:

e-mail: tashkent@eda.admin.ch

Tel: 71 120 67 38/39

Veb: https://www.eda.admin.ch/tashkent

 

Embassy of Switzerland

Shota Rustaveli Street, Impass 1, House 4 100070 Tashkent

Uzbekistan

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!