×

Silent Manga Auditions manga (komikslar) tanlovi: mukofot – 4782 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

21.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1563 marta

Manga komikslari uchun Silent Manga Auditions (SMA) tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda “manga” komikslari bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Manga – Yaponiyada keng tarqalgan va dunyo bo’ylab «yapon komiksi» sifatida mashhur bo’lgan komiks va multfilm yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistonda ham efirga uzatilgan “Naruto”, “Avatar” kabi mult-seriallar qahramonlari manga usulida chizilgan.

SMA tanloviga topshirilgan manga komikslari 5-17 betdan iborat bo’lishi kerak. Bunda manga qahramonlari o’rtasida hech qanday dialoglar bo’lmasligi kerak. Voqealar rivoji xitoy, arab va yozuvi o’ngdan chapga o’qiladigan boshqa tillardagi kabi o’ngdan chapga qarab joylashtirilishi kerak. Tanlovning eng asosiy sharti – komikslarda yozuvlar, suhbatlar bo’lmasligi, barcha voqea va g’oyalar faqatgina suratlar yordamida ifodalanishi zarur. 

Tanlovning bu yilgi mavzusi –  “Moments of Crying, Smiling and Love”. Shuning uchun tanlovga tayyorlangan komikslarda yig’lash, kulish va muhabbat mavzulari ochib berilgan, o’ziga xos usulda ifodalangan bo’lishi zarur. Komikslar istalgan janrda (komediya, fantastika va hkz.) bo’lishi mumkin. Tanlov qoidalari

Grant kimlar uchun?

Rassomlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Pul mukofotlari:

  • Asosiy sovrin – 500 000 yen (4782 AQSh dollari)
  • Ikkinchi o’rin uchun – 300 000 yen (2869 AQSh dollari)
  • Excellence nominatsiyasi – 100 000 yen (956 AQSh dollari)
  • Excellence award nominatsiyasida ikkinchi o’rin uchun – 30 000 yen (287 AQSh dollari)
  • Honorable mention (e’tirof) – 10 000 yen (95 AQSh dollari).

Talablar:

  • Topshirilgan manga  5-17 betdan iborat bo’lishi kerak.
  • Komiks betlari va voqealar rivoji o’ngdan chapga qarab joylashtirilishi kerak. Ranglar monoxrom bo’lishi lozim.
  • Har bir betning hajmi 2MB dan oshmasligi lozim.
  • Komikslarda matn va dialoglar bo’lmasligi kerak.
  • Komikslarda zo’ravonlik, yalang’och tasvirlar va boshqa ta’qiqlangan manzaralar bo’lmasligi kerak. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 27-yanvargacha bu yerda qabul qilinadi. Onlayn tarzda ariza berish tartibi bu yerda batafsil keltirilgan – ariza topshirish oldidan shu nizom bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!