×

AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o’qish uchun to’liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!


Grant

MUHLAT

01.12.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

27655 marta

Eslatma: Bu universitet bakalavriatga faqat ayollar-qizlarni qabul qiladi, o’g’il bolalar bu universitetning bakalavriat dasturlariga topshira olmaydi.

AQShning Massachusets shtatida joylashgan Simmons universitetining bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan ayol-qizlarga har yili Simmons Distinguished Scholar Award grantini taklif etadi. Ushbu grant universitetda o’qitiladigan istalgan bakalavriat yo’nalishi uchun ajratiladi. Grantlar bakalavriat kurslariga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi ayol-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Butun bakalavrlik kursi davomida kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
  • Butun bakalavrlik kursi davomida turar joy hamda oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi;

Talablar:

Ushbu grantga ariza topshira olishi uchun nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Simmons universitetining bakalavr kurslaridan biriga kuzgi semestrda oʻqish uchun hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod maktabni (litsey, kollejni) yaxshi baholarga tamomlagan bo’lishi / tamomlashi lozim. Nomzodning oʻrtacha bahosi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3,5 boʻlishi lozim (bu 100 ballik tizimda oʻrtacha baho kamida 87,5 boʻlishi kerak degani).
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Nomzod TOEFL yoki IELTS sertifikati topshirishi lozim. Bu sertifikatlar kamida necha ball boʻlishi aniq koʻrsatilmagan, biroq qancha yuqori boʻlsa, shuncha yaxshi.
  • Grantga nomzodlardan SAT yoki ACT sertifikatini topshirish talab etilmaydi. Lekin SAT (kamida 1300) yoki ACT (kamida 28) sertifikatini topshirish tavsiya etiladi. Bu qabul qilinish ehtimoliga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
  • Oxirgi sinf / kurs davomida yoki undan oldingi yuqori kurs / sinflarda yuqori darajadagi matematika fanini (kursini) oʻtgan boʻlishi kerak.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar odatda universitetdagi Honours bakalavriat dasturlariga topshiradi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy keltirilgan, talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Kotzen Scholarship grantiga hujjatlar har yili 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Yaʼni 2025-yil kuzida oʻqishni boshlash va mazkur grantga ariza topshira olish uchun 2024-yilning 1-dekabrigacha bakalavriat kursi va grantga barcha hujjatlarni topshirib boʻlishingiz lozim. 2025-yil kuzgi semestrda oʻqishni boshlash uchun qabul 2024-yilning iyul yoki avgust oyida boshlanadi.

Simmons University oliygohi grant dasturini qo’lga kiritish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich: Common Application tizimi orqali bakalavrait kurslaridan biriga ariza topshiriladi va kerakli hujjatlar ariza shakliga ilova qilinadi. Topshiriladigan hujjatlar roʻyxatini BU YERDAN topishingiz mumkin. Shuningdek, Honours bakalavriat dasturlariga topshirmoqchi boʻlsangiz, qoʻshimcha insholar ham topshiriladi. Insho mavzulari (savollari) va shartlarini BU YERDAN topishingiz mumkin.

2-bosqich: Kotzen Scholarship grant dasturi uchun ugadm@simmons.edu elektron manziliga quyidagi mavzuda insho va rezyume (CV) yuborishingiz kerak:

Insho mavzusi: Write an essay in which you describe your leadership style, giving specific examples to show what kinds of experiences have crafted you as a leader, and what kind of leader you think you will become at Simmons. Bu insho 300-500 so’zdan oshmasligi lozim.

Inshoning mavzusi va unga izohlarni BU YERDAN topasiz.

Eslatma: Insholar PDF yoki Word formatida bo’lishi lozim. Insholarning har bir sahifasida nomzodning to’liq ism-sharifi hamda tug’ilgan sanasi yozilgan bo’lishi kerak. Yuboriladigan email mavzusiga (subject) “Simmons Distinguished Scholar Award application” deb yozilishi kerak.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganib chiqiladi.

3-bosqich: Tanlangan nomzodlar bilan intervyu qilinadi (onlayn tarzda).

G’oliblar 2025-yilning mart oyida e’lon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan uchun ugadm@simmons.edu elektron manziliga yoki (617)521-2000 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!