Eslatma: Bu universitet bakalavriatga faqat ayollar-qizlarni qabul qiladi, o’g’il bolalar bu universitetning bakalavriat dasturlariga topshira olmaydi.
AQShning Massachusets shtatida joylashgan Simmons universitetining bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan ayol-qizlarga har yili Kotzen Scholarship grantini taklif etadi. Ushbu grant universitetda o’qitiladigan istalgan bakalavr yo’nalishi uchun ajratiladi. Grantlar bakalavriat kurslariga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi ayol-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadi:
- Butun bakalavrlik kursi davomida kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
- Butun bakalavrlik kursi davomida turar joy hamda oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi;
- O’quv, tadqiqot olib borish va shu kabi xarajatlari uchun qo’shimcha 3000 AQSH dollari miqdorida moliyaviy ko’mak beriladi.
Talablar:
Ushbu grantga ariza topshira olishi uchun nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Simmons universitetining bakalavr kurslaridan biriga kuzgi semestrda oʻqish uchun hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
- Nomzod maktabni (litsey, kollejni) yaxshi baholarga tamomlagan bo’lishi / tamomlashi lozim. Nomzodning oʻrtacha bahosi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3,3 boʻlishi lozim (bu 100 ballik tizimda oʻrtacha baho kamida 83 boʻlishi kerak degani).
- Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
- Nomzod TOEFL sertifikati topshirishi lozim. TOEFL sertifikati kamida necha ball boʻlishi aniq koʻrsatilmagan, biroq qancha yuqori boʻlsa, shuncha yaxshi.
- Grantga talabgorlik qilish uchun nomzodlardan SAT (kamida 1300) yoki ACT (kamida 28) sertifikatini topshirish ham talab etiladi.
- Oxirgi sinf / kurs davomida yoki undan oldingi yuqori kurs / sinflarda yuqori darajadagi matematika fanini (kursini) oʻtgan boʻlishi kerak.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar odatda universitetdagi Honours bakalavriat dasturlariga topshiradi.
MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy keltirilgan, talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Kotzen Scholarship grantiga hujjatlar har yili 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Demak, 2023-yil kuzida oʻqishni boshlash va mazkur grantga ariza topshira olish uchun 2022-yilning 1-dekabrigacha bakalavriat kursi va grantga barcha hujjatlarni topshirib boʻlishingiz lozim. 2023-yil kuzgi semestrda oʻqishni boshlash uchun qabul 2022-yilning iyul yoki avgust oyida boshlanadi.
Simmons University oliygohi grant dasturini qo’lga kiritish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:
1-bosqich: Common Application tizimi orqali bakalavrait kurslaridan biriga ariza topshiriladi va kerakli hujjatlar ariza shakliga ilova qilinadi. Topshiriladigan hujjatlar roʻyxatini BU YERDAN topishingiz mumkin. Shuningdek, Honours bakalavriat dasturlariga topshirmoqchi boʻlsangiz, qoʻshimcha insholar ham topshiriladi. Insho mavzulari (savollari) va shartlarini BU YERDAN topishingiz mumkin.
2-bosqich: Kotzen Scholarship grant dasturi uchun ugadm@simmons.edu elektron manziliga quyidagi mavzularda insho va rezyume (CV) yuborishingiz kerak:
- Birinchi insho: How would you use your additional annual award of $3,000 (for study abroad, short-term courses, summer internship tuition, and/or research support)? Bu insho 250 so’zdan oshmasligi lozim.
- Ikkinchi insho: Some people argue that leaders are born, not made, while others defend the opposite view, namely that leaders are «made.» Write an essay in which you defend one view or the other. Use a specific example of a leader, either from history or from your own personal experience, to support your argument. Bu insho 500 so’zdan oshmasligi lozim.
Insholarning mavzulari va ularga izohlarni BU YERDAN topasiz.
Eslatma: Insholar PDF yoki Word formatida bo’lishi lozim. Insholarning har bir sahifasida nomzodning to’liq ism-sharifi hamda tug’ilgan sanasi yozilgan bo’lishi kerak. Yuboriladigan email mavzusiga (subject) “Kotzen Application” deb yozilishi kerak.
Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.
3-bosqich: Grant beruvchilar tomonidan uyushtiriladigan og’zaki suhbatdan o’tish lozim. Bu eng so’nggi bosqich bo’lib, 2023-yilning fevral oyida bo’lib o’tadi. Suhbatga faqatgina insho bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar taklif etiladi. Suhbat chet ellik talablar bilan Skype orqali amalga oshiriladi.
G’oliblar 2023-yilning mart oyida e’lon qilinadi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan uchun ugadm@simmons.edu elektron manziliga yoki (617)521-2000 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.