×

Singapur: bakalavrda o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

30.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

23294 marta

Singapurning Xalqaro Menejment Institutida (Singapore Institute of Management Global Education – SIM GE) mahalliy va chet ellik iqtidorli talaba yoshlarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu moddiy ta’minot dasturi a’lochi va yetakchi  talabalar hamda sportchi va ijodkor talabalar uchun mo’ljallangan ikkita grant dasturini o’z ichiga oladi va grantlar SIM GE’ning bakalavr bosqichi talabalariga beriladi. Universitetdagi bakalavr kurslari ro’yxatini bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy ta’minot dasturi talabani bakalavr kursining oxirigacha quyidagi xarajatlardan ozod qiladi:

  1. Kontrakt to’lovi
  2. Imtihonlar uchun to’lovlar
  3. Boshqa majburiy to’lovlar
  4. Darslik va o’quv materiallari ta’minoti

Grant berish davom ettirilishi uchun talabaning o’zini tutishi va o’qishi kuzatib boriladi va agar u qoniqarsiz o’qiyotgani yoki o’zini yaxshi tutmayotgan bo’lsa, grant bekor qilinadi va talaba grant bekor qilingunigacha grant sifatida ajratilgan xarajatlarni qaytarib to’lab berishi kerak bo’ladi.

Talablar:

Grant yutib olishni xohlovchi nomzodlarga quyidagi talablar qo’yilgan:

  1. Nomzod litsey/kollej diplomiga ega bo’lishi va baholari a’lo bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ijtimoiy harakatlarda namunali ishtirok etgan va o’qish davomida ham o’zini ko’rsatgan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod o’zida kuchli yetakchilik, kirishimlilik va aloqa maxoratiga ega bo’lishi zarur.
  4. Stipendiant homiyning yozma ruhsatisiz birorta boshqa stipendiyani olishi mumkin emas.
  5. Har bir stipendiant SIMni rivojlantirishi ko’zda tutiladi.
  6. O’qishdagi muvaffaqiyatlar har semestrda kuzatib boriladi.
  7. Agar homiy tomonidan stependiantning ko’rsatayotgan natijalari yoki xulqi qoniqarsiz deb topilsa, stipendiya xohlagan paytda bekor qilinishi mumkin.
  8. Agar biror sababga ko’ra stipendiya bekor qilinsa, stependiant SIM Global Educationga sarflanga barcha homiylik mablag’larini qaytarib to’lashi kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjatlar yiliga ikki marta – 31-martgacha va 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Grantga ariza berishdan oldin nomzod SIM GE bakalavr kurslaridan biriga o’qishga kirgan bo’lishi shart. Bakalavr kurslariga hujjat topshirish uchun kerakli ma’lumotlarni bu yerdan oling.

Bakalavr kurslaridan biriga qabul qilnganligi haqida xabar olgan nomzodlar, gran uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlashi lizm:

  • Litsey/kollej diplomi;
  • Pasport nusxasi;
  • Pasport surati hajmidagi surat.

Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlar quyidagi manzilga yuboriladi:

Hujjat topshirish bosqichidan o’tgan barcha nomzodlar SIM GE tomonidan suhbatdan o’tkaziladi. Universitet faqat suhbat bosqichiga o’tgan nomzodlar bilangina bog’lanadi. Grant uchun navbatdagi qabul mavsumi sentabr oyida bo’ladi va tafsilotlar rasmiy saytda e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: scholarship@sim.edu.sg

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!