×

Singapur: Bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant; yashash, turar joy va kompyuter xarajatlari qoplanadi; joy – 60ta!


Grant

MUHLAT

19.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

10716 marta

Singapurda joylashgan Singapur Menejment universiteti – Singapore Management University 2021-yilning kuzida boshlanadigan bakalavriat kurslari uchun Lee Kong Chian Scholars dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning biznes, boshqaruv va iqtisod dasturlarida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar uchun moʻljallangan. Ushbu grant oʻqish va tadqiqotlar olib borishga qiziquvchi kuchli akademik yutuqlar egalari boʻlgan 60 tagacha talabaga beriladi. Grant toʻrt-besh yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Singapore Management Universityning bakalavriat kurslarida oʻqish haqi haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Toʻrt-besh yilgacha kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  2. Yashash xarajatlari uchun yiliga 5 000 SGD (3 753 AQSh dollari) mablagʻ ajratiladi.
  3. Kompyuter sarflari uchun bir marta 1 800 SGD (1 351 AQSh dollari) ajratiladi.
  4. 16 000 SGD (12 011 AQSh dollari) miqdorida almashuv dasturlari, safar xarajatlari va konferensiyalarda ishtirok etishga Global Opportunities granti toʻlanadi.
  5. Tadqiqotchilarni rivojlantirish Markazi tomonidan tashkil etiladigan loyihalarda qatnanshish imkoni beriladi.
  6. Stipendiya uchun qoʻshimcha shartlar yoʻq (masalan, baholar reytingi uchun meʼyor, ayrim faoliyat turlarida qatnashish, kabi). Ammo, diplom olgandan soʻng Singapur hukumati roʻyxatidan oʻtgan kompaniyalardan birida uch yil ishlash kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
  2. Universitetning kunduzgi bakalavriat boʻlimlaridan birining birinchi kursiga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Bir vaqtning oʻzida ikkita mutaxassislik boʻyicha ilmiy daraja beruvchi kurslarda oʻqish mumkin.
  4. Bitta mutaxassislikka hujjat topshirgan nomzod albatta ikkinchi mutaxassislik oʻqishi kerak: “Biznes” yoʻnalishini tanlagan tadqiqotchi, ikkinchi mutaxassislik uchun quyidagi oliygohlarda biri taklif etgan sohada oʻqiydi:
  • SMU School of Accountancy;
  • School of Economics;
  • School of Information Systems;
  • School of Law.
  1. “Buxgalteriya hisobi” dasturlarini tanlagan talabgor esa SMU Lee Kong Chian School of Business taklif etgan quyidagi mutaxassisliklardan birida oʻqiydi:
  • Accountancy;
  • Economics;
  • Information Systems;
  • Computer Science;
  • Computing & Law;
  • Social Sciences;
  • Law degree programmes.
  1. Maktab/kollej/litseyni tamomlagan bo’lishi kerak.
  2. Liderlik va muloqot qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
  3. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Oʻquv jarayoni yoki oʻqishdan tashqari faoliyatga oid salmoqli yutuqlarga erishgan boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun universitetga qabul uchun hujjat topshirish lozim. Dedlayn: 2021-yil 19-martgacha.

Hujjat topshirishdan avval muhim sanalar va yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing. Onlayn ariza topshirish uchun bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Kerakli hujjatlar:

  1. Attestat/diplom ilovasining tarjima qilingan va rasmiy tasdiqlangan nusxasi.
  2. SAT yoki ACT sertifikati.
  3. TOEFL yoki IELTS sertifikati.
  4. Tavsiyanoma.
  5. Tibbiy maʼlumotnoma (agar jiddiy kasalliklar mavjud boʻlsa).
  6. Jinoiy javobgarlikka tortilganlik haqida maʼlumotnoma (agar sudlangan boʻlsa).
  7. Roʻyxatdan oʻtish uchun 15 AQSH dollari badal.

 Bogʻlanish: shu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!