Singapurdagi National University of Singapore (NUS) oliygohi iqtisodiyot fakultetining 2020–yil avgustda boshlanadigan PhD kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalarga PhD Scholarships grant dasturini e’lon qiladi. Dasturidan maqsad iqtisodiyot sohasi bo’yicha ta’lim olishni xohlovchi iqtidorli, yuqori potensialli tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yoshlardagi shu sohaga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirishdir.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- Talaba oliygohda bepul o’qish imkoniga ega bo’ladi.
- G’olibga oyiga 2 000 Singapur dollari (taxminan 1 453 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
NUS oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Talablar:
- Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
- Nomzod iqtisodiyot yoki shunga yaqin soha bo’yicha magistratura bosqichini tamomlagan bo’lishi kerak.
- Nomzod NUS`ning Economics fakulteti 2020- yil avgustda boshlanadigan PhD kursiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
- Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda qatnashish uchun universitetning iqtisodiyot gakulteti PhD kurslaridan biriga hujjat topshirish yetarli bo’ladi. Buning uchun nomzod 2019-yil 13-sentabrga qadar onlayn arizani taqdim qilishi va arizaning qog’oz shaklidagi nusxasini imzolangan holda barcha kerakli hujjatlar bilan birgalikda quyidagi manzilga pochta/kuryer orqali yuvorishlari talab etiladi:
National University Of Singapore
Department Of Economics
Faculty Of Arts & Social Sciences
1 Arts Link, As2 Level 6
Singapore 117570
(Graduate Research Programme Administrator)
Grant dasturida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlarga hujjatlarini imkon qadar ertaroq topshirishlari tavsiya etiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Onlayn ariza.
- Bakalavr,magistralik diplomlari nusxasi.
- Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
- Tadqiqot rejasi (1 000-2 000 so’zdan iborat).
- Arizani ko’rib chiqish to’lovi (50 Singapur dollari miqdorida).
- 2 ta tavsiyanoma (ariza topshirilganidan so’ng uzog’I bilan 14 kun ichida taqdim etilishi kerak).
- Til sertifikatlari (IELTS 6.0 va undan baland).
Taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi. Shu sababli hujjatlaringizning notarial tasdiqlangan nusxasini yuboring. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ariza topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumotni bu yerda bilib oling.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.