×

Singapur: mukofot jamg’armasi 64 ming AQSh dollari bo’lgan grant dasturi


Grant

MUHLAT

19.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

2208 marta

Singapurda joylashgan Singapore Management University (SMU) oliygohi Dato’ Kho Hui Meng Scholarship grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi SMU oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar kontrakt to’lovi hamda o’qish xarajatlarni qoplovchi 64 ming AQSH dollari (87400 Singapur dollari) miqdoridagi mukofot puli bilan ta’minlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi lozim.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod SMU universitetining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 7 ball, TOEFL IBT 93 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, SMU universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil 19-martgacha qabul qilinadi. Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • ACT va SAT test natijalarini ko’rsatuvchi sertifikat (majburiy emas)
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun finasst@smu.edu.sg  elektron manziliga yoki +6568280264 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!